https://oz.sputniknews.uz/20261109/tass-uzbekistan-jurnalistlar-hamkorlik-61853971.html
TASS O‘zbekiston jurnalistlariga bepul hamkorlikni taklif qildi
TASS O‘zbekiston jurnalistlariga bepul hamkorlikni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
TASS bosh direktori Andrey Kondrashov O‘zbekiston OAViga arxiv fotosuratlaridan bepul foydalanish, xalqaro faktcheking assotsiatsiyasiga qo‘shilish va yangi qo‘shma medialoyihalar yaratishni taklif qildi.
2026-11-09T12:01+0500
2026-11-09T12:01+0500
2026-11-09T17:30+0500
ulug‘ vatan urushi
jurnalist
bloger
forum
oav
hamkorlik
iii rossiya-o‘zbekiston media-forumi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61856730_0:106:3072:1834_1920x0_80_0_0_4894c85217e7bc7ec0ea622134a5a4af.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. TASS axborot agentligi o‘zbekistonlik jurnalistlar, blogerlar va OAVni Xalqaro faktcheking assotsiatsiyasiga qo‘shilishga, shuningdek, qo‘shma medialoyihalarni rivojlantirishga taklif qildi.Bu haqda agentlik bosh direktori Andrey Kondrashov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Assotsiatsiya jurnalistlar, ekspertlar va yolg‘on axborot tarqalishiga qarshi kurashuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Hozir unda 50 dan ortiq mamlakatdan 150 nafarga yaqin ekspert faoliyat yuritmoqda.Assotsiatsiyada sun’iy intellektga asoslangan maxsus vosita ham mavjud. U shubhali axborotni aniqlab, uni tekshirish zarurligi haqida ogohlantiradi. Yakuniy tekshiruv esa mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.Kondrashov o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlarni assotsiatsiyaga bepul a’zo bo‘lishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zolik uchun muayan siyosiy qarashlarga rioya qilish talabi qo‘yilmaydi.TASS O‘zbekiston OAViga arxiv materiallarini bepul taqdim etishga ham tayyor.Kondrashov joriy yil 9-may munosabati bilan O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimovning murojaati asosida Toshkent uchun agentlik arxividan harbiy fotosuratlar to‘plami tayyorlanganini misol qilib keltirdi.Shuningdek, Kondrashov ikki mamlakat jurnalistlarini madaniy meros, hujjatli kino, turizm, sport, ta’lim va yoshlar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishga chaqirdi.Uning fikricha, shaharlar, yosh olimlar, sportchilar va tadbirkorlar haqidagi qiziqarli materiallar ba’zan o‘nlab rasmiy xabarlardan ko‘ra ko‘proq auditoriya e’tiborini jalb qilishi mumkin.TASS rahbari yangi raqamli formatlarga moslashishda axborotning aniqligi, manbalarni tekshirish va tahririyat mas’uliyatini saqlab qolish zarurligini ham ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260620/urush-bolalari-toshkentda-anvar-mamadjonovning-korgazmasi-ochildi-58478854.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61856730_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_ac18197769afd2d6eca5392ad0579baf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ulug‘ vatan urushi, jurnalist, bloger, forum, oav, hamkorlik
ulug‘ vatan urushi, jurnalist, bloger, forum, oav, hamkorlik
TASS O‘zbekiston jurnalistlariga bepul hamkorlikni taklif qildi
12:01 09.11.2026 (yangilandi: 17:30 09.11.2026) TASS rahbari Andrey Kondrashov o‘zbekistonlik jurnalistlarni xalqaro faktcheking assotsiatsiyasiga qo‘shilishga chaqirdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. TASS axborot agentligi o‘zbekistonlik jurnalistlar, blogerlar va OAVni Xalqaro faktcheking assotsiatsiyasiga qo‘shilishga, shuningdek, qo‘shma medialoyihalarni rivojlantirishga taklif qildi.
Bu haqda agentlik bosh direktori Andrey Kondrashov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Kondrashovning ta’kidlashicha, TASS "Dialog Regioni" notijorat tashkiloti va Yangi media ustaxonasi bilan birgalikda Xalqaro faktcheking assotsiatsiyasini tashkil etishda ishtirok etgan.
Assotsiatsiya jurnalistlar, ekspertlar va yolg‘on axborot tarqalishiga qarshi kurashuvchi tashkilotlarni birlashtiradi. Hozir unda 50 dan ortiq mamlakatdan 150 nafarga yaqin ekspert faoliyat yuritmoqda.
Assotsiatsiyada sun’iy intellektga asoslangan maxsus vosita ham mavjud. U shubhali axborotni aniqlab, uni tekshirish zarurligi haqida ogohlantiradi. Yakuniy tekshiruv esa mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Kondrashov o‘zbekistonlik jurnalistlar va blogerlarni assotsiatsiyaga bepul a’zo bo‘lishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, a’zolik uchun muayan siyosiy qarashlarga rioya qilish talabi qo‘yilmaydi.
TASS O‘zbekiston OAViga arxiv materiallarini bepul taqdim etishga ham tayyor.
Kondrashov joriy yil 9-may munosabati bilan O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimovning murojaati asosida Toshkent uchun agentlik arxividan harbiy fotosuratlar to‘plami tayyorlanganini misol qilib keltirdi.
U Ulug‘ Vatan urushi va umumiy tarixiy merosga oid nodir fotosuratlarni O‘zbekistonning istalgan OAViga bepul taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Kondrashov ikki mamlakat jurnalistlarini madaniy meros, hujjatli kino, turizm, sport, ta’lim va yoshlar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishga chaqirdi.
Uning fikricha, shaharlar, yosh olimlar, sportchilar va tadbirkorlar haqidagi qiziqarli materiallar ba’zan o‘nlab rasmiy xabarlardan ko‘ra ko‘proq auditoriya e’tiborini jalb qilishi mumkin.
TASS rahbari yangi raqamli formatlarga moslashishda axborotning aniqligi, manbalarni tekshirish va tahririyat mas’uliyatini saqlab qolish zarurligini ham ta’kidladi.