Jurnalistda kamida 5ta kasb mujassam bo‘lishi kerak: "SputnikPRO" mahorat darsi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentdagi SputnikPRO mahorat darsida zamonaviy jurnalist qanday ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va sun’iy intellektdan qanday foydalanishi kerakligi haqida so‘z yuritildi.
SputnikPRO loyihasining yangi mavsumi Yaqin xorij mamlakatlaridagi Sputnik produseri va Sputnik Tojikiston muxbiri Alona Rutchinaning "Tasvirga olish, montaj, neyrotarmoqlar: zamonaviy media qanday vositalardan foydalanadi?" mavzusidagi mahorat darsi bilan boshlandi.
O‘zDJTU talabalari sun’iy intellektdan inson o‘rnini bosish uchun emas, balki o‘ziga xos kontent yaratishda yordamchi vosita sifatida qanday foydalanish mumkinligini bilib olishdi.
Mahorat darsi interaktiv tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar smartfonlarida bepul neyrotarmoqlar va generativ botlarni sinab ko‘rishdi. Spiker rahbarligida ular promptlar yozish, illyustratsiyalar yaratish va videomateriallarni montaj qilishni mashq qilishdi.
"Unga qanday munosabatda bo‘lishingizga qarab, sun’iy intellekt sizga do‘st ham, yordamchi ham bo‘lishi mumkin. Ammo shuni tushunishingiz kerakki, sun’iy intellekt hech qachon insondan yaxshiroq asar yarata olmaydi, chunki qo‘l mehnati azaldan qadrliroq bo‘lgan", — dedi Alona Rutchina.
Rutchina auditoriyaga ta’sir qiladigan hikoyalar yaratishga alohida e’tibor qaratdi. U o‘z materiallari misolida arxiv xronikalari va neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan raqamli tasvirlarni qanday uyg‘unlashtirish, insonlar taqdiri haqidagi hikoyalarni ta’sirchan tarzda yetkazish mumkinligini ko‘rsatdi.
Uning fikricha, bugun jurnalist bitta vazifa doirasi bilan cheklanib qolmaydi.

"Xizmat safariga chiqqaningizda yoki kimdir haqida lavha suratga olishga borganingizda, bilib olishingiz mumkin bo‘lgan butun maydonni o‘rganing. Siz ham jurnalist, ham produser, ham rejissor, ham ssenariy muallifisiz. Sizda faqat bitta kasb emas, balki kamida beshta kasb mujassam", — deya tushuntirdi Rutchina.

Mahorat darsi auditoriya e’tiborini tortadigan sarlavhalarni tahlil qilish va materialda qiziqish uyg‘otish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan yakunlandi.
Talabalar raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Spiker ta’kidlaganidek, texnologiyalar kontent yaratish jarayonini tezlashtirishi mumkin, ammo unga mazmun va o‘ziga xoslikni inson beradi.
Moskvada SputnikProning 14-moduli yakunlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2026
Darslar qiziqarli va yoshlarbop tilda tushuntirildi: talabalar SputnikPro haqida
Yangiliklar lentasi
0