https://oz.sputniknews.uz/20261109/mirziyoev-putin-dostlik-munosabatlar-61849644.html
Mirziyoyev va Putin do‘stligi O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari asosidir — Asadov
Mirziyoyev va Putin do‘stligi O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari asosidir — Asadov
Sputnik O‘zbekiston
Sherzod Asadov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida qo‘shma jurnalistika maktablari, faktcheking va sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlikni taklif qildi. U mamlakatdagi OAVning 67 foizi xususiy ekanini bildirdi.
2026-11-09T11:13+0500
2026-11-09T11:13+0500
2026-11-09T11:13+0500
oav
sherzod asadov
rossiya
o‘zbekiston
nutq so‘zladi
prezident administratsiyasi
matbuot
matbuot-xizmati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61848273_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_2fc3082f45c4d71ec4ca624c05910ad9.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi media hamkorlikni qo‘shma jurnalistika maktablari, faktcheking, sun’iy intellekt va tahririyatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar orqali kengaytirish taklif etildi. Bu tashabbuslarni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ilgari surdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Asadov forumni ikki davlat munosabatlari so‘nggi o‘n yilda erishgan yuksak darajaning ifodasi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, hamkorlik asosida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning shaxsiy do‘stligi hamda o‘zaro ishonchi turibdi. Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va muntazam muloqoti iqtisodiyot, energetika, madaniyat, ta’lim va OAV sohalaridagi aloqalar rivojiga turtki bermoqda.Rossiya bilan media hamkorlikda Asadov to‘rt ustuvor yo‘nalishni ko‘rsatdi.Birinchisi — tajriba almashish va kadrlar tayyorlash. O‘zbekiston va Rossiya jurnalistlari uchun tizimli amaliyot dasturlari, qo‘shma jurnalistika maktablari va yagona ta’lim platformalarini tashkil etish taklif qilindi.U O‘zbekiston esa sohani jadal raqamlashtirish bo‘yicha o‘z tajribasiga ega ekanini ta’kidladi.Ikkinchisi — dezinformatsiyaga qarshi hamkorlik. Ikki mamlakat mutaxassislarining imkoniyatlarini birlashtirish, tezkor axborot almashish va faktchekingning yagona standartlarini ishlab chiqish taklif etildi. Asadovning aytishicha, O‘zbekistonda shu maqsadda yaratilgan ta’lim platformasida 11 mingga yaqin yosh mutaxassis tahsil olgan.Uchinchisi — texnologik hamkorlik. Bu yo‘nalishda sun’iy intellekt, raqamli platformalar va katta ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.To‘rtinchisi — bevosita kasbiy aloqalar. Asadov ikki mamlakat tahririyatlari, jurnalistlari va blogerlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va amaliy hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.Shuningdek, u O‘zbekiston media sohasidagi o‘zgarishlar haqida raqamlarni keltirdi. Hozir mamlakatda qariyb 3 mingta OAV bor, ularning 67 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Internetning kirib borish darajasi 94 foizga yetgan.Shu yil Markaziy Osiyoda birinchi Milliy media bank ham ishga tushirilgan. Unda o‘n minglab foto va videomateriallardan erkin foydalanish mumkin.Asadov O‘zbekistonning o‘sib borayotgan media salohiyatini rossiyalik hamkorlar bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi. Uning fikricha, axborot makonida ishonchli hamkorlik ikki mamlakat xalqlarining bir-birini yaxshiroq tushunishiga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260921/mirziyoev-putin-muloqot-60621323.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/09/61848273_262:196:2560:1920_1920x0_80_0_0_9799db280877d2e41fe49c9f70888f8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oav, sherzod asadov, rossiya, o‘zbekiston, nutq so‘zladi, prezident administratsiyasi, matbuot, matbuot-xizmati
oav, sherzod asadov, rossiya, o‘zbekiston, nutq so‘zladi, prezident administratsiyasi, matbuot, matbuot-xizmati
Mirziyoyev va Putin do‘stligi O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari asosidir — Asadov
Asadov Rossiya bilan media hamkorlik bo‘yicha to‘rt tashabbusni ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat munosabatlari Mirziyoyev va Putinning shaxsiy do‘stligi hamda o‘zaro ishonchiga asoslangan
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi media hamkorlikni qo‘shma jurnalistika maktablari, faktcheking, sun’iy intellekt va tahririyatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar orqali kengaytirish taklif etildi. Bu tashabbuslarni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov III Rossiya–O‘zbekiston mediaforumida ilgari surdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Asadov forumni ikki davlat munosabatlari so‘nggi o‘n yilda erishgan yuksak darajaning ifodasi deb atadi. Uning ta’kidlashicha, hamkorlik asosida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning shaxsiy do‘stligi hamda o‘zaro ishonchi turibdi. Davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va muntazam muloqoti iqtisodiyot, energetika, madaniyat, ta’lim va OAV sohalaridagi aloqalar rivojiga turtki bermoqda.
Rossiya bilan media hamkorlikda Asadov to‘rt ustuvor yo‘nalishni ko‘rsatdi.
Birinchisi — tajriba almashish va kadrlar tayyorlash. O‘zbekiston va Rossiya jurnalistlari uchun tizimli amaliyot dasturlari, qo‘shma jurnalistika maktablari va yagona ta’lim platformalarini tashkil etish taklif qilindi.
"Rossiya jurnalistika maktabi boy an’analarga ega bo‘lgan dunyodagi eng kuchli va ko‘hna maktablardan biridir", — dedi Asadov.
U O‘zbekiston esa sohani jadal raqamlashtirish bo‘yicha o‘z tajribasiga ega ekanini ta’kidladi.
Ikkinchisi — dezinformatsiyaga qarshi hamkorlik. Ikki mamlakat mutaxassislarining imkoniyatlarini birlashtirish, tezkor axborot almashish va faktchekingning yagona standartlarini ishlab chiqish taklif etildi. Asadovning aytishicha, O‘zbekistonda shu maqsadda yaratilgan ta’lim platformasida 11 mingga yaqin yosh mutaxassis tahsil olgan.
"Feyk va dipfeyklar davlat chegaralarini tan olmaydi", — deya ta’kidladi u.
Uchinchisi — texnologik hamkorlik. Bu yo‘nalishda sun’iy intellekt, raqamli platformalar va katta ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.
To‘rtinchisi — bevosita kasbiy aloqalar. Asadov ikki mamlakat tahririyatlari, jurnalistlari va blogerlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish va amaliy hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
Shuningdek, u O‘zbekiston media sohasidagi o‘zgarishlar haqida raqamlarni keltirdi. Hozir mamlakatda qariyb 3 mingta OAV bor, ularning 67 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Internetning kirib borish darajasi 94 foizga yetgan.
Asadov ma’lum qilishicha, o‘tgan yil avgust oyida tashkil etilgan Kontent tayyorlash markazi bir yil ichida 30 mingdan ortiq mediamaterial tayyorlab, tarqatgan. Ularning umumiy ko‘rishlar soni 2 milliarddan oshgan.
Shu yil Markaziy Osiyoda birinchi Milliy media bank ham ishga tushirilgan. Unda o‘n minglab foto va videomateriallardan erkin foydalanish mumkin.
Asadov O‘zbekistonning o‘sib borayotgan media salohiyatini rossiyalik hamkorlar bilan bo‘lishishga tayyor ekanini bildirdi. Uning fikricha, axborot makonida ishonchli hamkorlik ikki mamlakat xalqlarining bir-birini yaxshiroq tushunishiga xizmat qiladi.