https://oz.sputniknews.uz/20260921/mirziyoev-putin-muloqot-60621323.html
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — nimalar muhokama qilindi
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — nimalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Prezidentlar ittifoqchilik munosabatlari, Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashi yig‘ilishlari hamda bo‘lajak tadbirlarni muhokama qildi.
2026-09-21T17:45+0500
2026-09-21T17:45+0500
2026-09-21T17:47+0500
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
rossiya davlat dumasi
saylovlar
tabrik
telefon suhbati
rossiya
o‘zbekiston
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005122_0:83:1280:803_1920x0_80_0_0_69896f4e46945f12cd2d276b2f4e63cc.jpg
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Mirziyoyev Putinni to‘qqizinchi chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi va parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini, shuningdek, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini natijador o‘tkazish muhimligini qayd etdi.Prezidentlar bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.Avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qilgan edi. Ovozlarning qariyb 95 foizi qayta ishlanganidan keyin "Yagona Rossiya" 57,83 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda va 450 o‘rinli quyi palatada 355 ta mandat olishi mumkin.Rossiyada Davlat dumasi deputatlari saylovi 18–20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260921/mirziyoev-putin-tabrik-60614812.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/0a/27005122_24:38:1110:852_1920x0_80_0_0_e8efde279e35d3c08f627eb77759080b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, vladimir putin, rossiya davlat dumasi, saylovlar, tabrik, telefon suhbati, rossiya, o‘zbekiston, siyosat
shavkat mirziyoyev, vladimir putin, rossiya davlat dumasi, saylovlar, tabrik, telefon suhbati, rossiya, o‘zbekiston, siyosat
Mirziyoyev va Putin telefon orqali muloqot qildi — nimalar muhokama qilindi
17:45 21.09.2026 (yangilandi: 17:47 21.09.2026) Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, O‘zbekiston–Rossiya ittifoqchilik munosabatlari va bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni muhokama qildi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Mirziyoyev Putinni to‘qqizinchi chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat dumasiga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi va parlamentning yangi tarkibiga samarali faoliyat tiladi.
Kreml xabarida
qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbari saylovchilarning yuqori faolligi va ovoz berish natijalarini Rossiya fuqarolarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan Vladimir Putin siyosatiga qo‘llab-quvvatlovi sifatida baholagan.
Suhbatda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Hukumatlararo komissiya va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini, shuningdek, Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlarini natijador o‘tkazish muhimligini qayd etdi.
Prezidentlar bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Avvalroq Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova Davlat dumasi saylovlarining dastlabki natijalarini
e’lon qilgan edi. Ovozlarning qariyb 95 foizi qayta ishlanganidan keyin "Yagona Rossiya" 57,83 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda va 450 o‘rinli quyi palatada 355 ta mandat olishi mumkin.
Rossiyada Davlat dumasi deputatlari saylovi 18–20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tdi.