https://oz.sputniknews.uz/20261007/rossiya-61021251.html
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdoni qanday 30 mlrd dollarga yetkazishi mumkin
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdoni qanday 30 mlrd dollarga yetkazishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Ilichev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan savdo aylanmasining yanada oshishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan loyihalar, milliy... 07.10.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-10-07T18:08+0500
2026-10-07T18:08+0500
2026-10-08T09:48+0500
video
rossiya
o‘zbekiston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/07/61024142_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_fb20d1478a0668389a8fec64d66a0288.jpg
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Yirik investitsiya loyihalari, kichik va o‘rta biznes hamkorligi, elektron tijorat hamda mintaqalararo aloqalar Rossiya va O‘zbekistonga 2030-yilga borib tovar aylanmasini 30 milliard dollarga yetkazishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vladimir Ilichev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘-kon sanoatidagi yirik loyihalar, misni boyitish fabrikasi qurilishi hamda Jizzax viloyatida boshlangan AES qurilishi loyihasi bugunoq o‘sish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.U elektron tijorat masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tovarlarining elektron platformalar orqali Rossiya bozoriga yetkazib berilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘rtacha tovar aylanmasidan ancha tez o‘smoqda.O‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida to‘xtalar ekan, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari milliy valyutalarning ulushi allaqachon 90 foizdan oshganini ma’lum qildi.“Birinchi navbatda, milliy valyutalarimizdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishda davom etamiz. Bu hozir biz uchun ancha xavfsizroq, ancha tushunarliroq vositadir”, — dedi Ilichev.Ikki mamlakatning asosiy infratuzilma loyihalari, elektron tijorat, logistika hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan birgalikdagi ishlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni videomizda tomosha qiling.
https://oz.sputniknews.uz/20261007/mirziyoev-ozbekiston-61012300.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/07/61024142_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_61efaa80683e6e7708f58fa203a0adcf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, rossiya, o‘zbekiston, hamkorlik
video, rossiya, o‘zbekiston, hamkorlik
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro savdoni qanday 30 mlrd dollarga yetkazishi mumkin
18:08 07.10.2026 (yangilandi: 09:48 08.10.2026) Eksklyuziv
Vladimir Ilichev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida O‘zbekiston bilan savdo aylanmasining yanada oshishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan loyihalar, milliy valyutalardagi hisob-kitoblar hamda iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik haqida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Yirik investitsiya loyihalari, kichik va o‘rta biznes hamkorligi, elektron tijorat hamda mintaqalararo aloqalar Rossiya va O‘zbekistonga 2030-yilga borib tovar aylanmasini 30 milliard dollarga yetkazishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vladimir Ilichev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘-kon sanoatidagi yirik loyihalar, misni boyitish fabrikasi qurilishi hamda Jizzax viloyatida boshlangan AES qurilishi loyihasi bugunoq o‘sish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
“Aslida hamkorligimiz faqat bunday yirik va mashhur sohalar hamda loyihalar bilan cheklanib qolmayapti. Biz kichik va o‘rta biznes, hududlar darajasidagi hamkorlikda bundan ham katta salohiyatni ko‘rapmiz”, — dedi Ilichev.
U elektron tijorat masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston tovarlarining elektron platformalar orqali Rossiya bozoriga yetkazib berilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘rtacha tovar aylanmasidan ancha tez o‘smoqda.
O‘zaro hisob-kitoblar to‘g‘risida to‘xtalar ekan, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari milliy valyutalarning ulushi allaqachon 90 foizdan oshganini ma’lum qildi.
“Birinchi navbatda, milliy valyutalarimizdan foydalanish ko‘lamini kengaytirishda davom etamiz. Bu hozir biz uchun ancha xavfsizroq, ancha tushunarliroq vositadir”, — dedi Ilichev.
Ikki mamlakatning asosiy infratuzilma loyihalari, elektron tijorat, logistika hamda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan birgalikdagi ishlar haqidagi batafsil ma’lumotlarni videomizda tomosha qiling.