Globalizatsiya g‘oyasi axmoqlik bo‘lib chiqdi – Rubio

© AP Photo / Mark SchiefelbeinGosudarstvenniy sekretar SShA Marko Rubio
Gosudarstvenniy sekretar SShA Marko Rubio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2026
Obuna bo‘lish
Rubio AQShning Yevropa va Xitoy bilan munosabatlari, Ukraina muammosi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Munxen xavfsizlik konferensiyasida dasturiy nutq bilan so‘zga chiqdi.

Chegarasiz dunyo g‘oyasi axmoqona bo‘lib chiqdi

Qoidalarga asoslangan tartib milliy manfaatlar o‘rnini bosadi, biz chegarasiz dunyoda yashaymiz va har bir kishi dunyo fuqarosi bo‘ladi degan g‘oya axmoqlik bo‘lib chiqdi. Bu ham ham inson tabiatini ham insoniyatning 5000-yillik tarixini inkor qiladi.
Iqtisodiy aloqalar va erkin savdo davlat vazifalarini o‘z zimmasiga oladi degan tushuncha G‘arbga qimmatga tushdi. Biz mana shu dogmatik mafkura uchun yuqori narx to‘ladik.
BMT
BMT ulkan salohiyatga ega, lekin eng muhim masalalarda u hech qanday vazifa bajarmay qo‘ygan.
BMT Ukrainada urushni tugata olmadi. Tomonlarni muzokaga chorlash uchun AQShning yetakchiligi kerak bo‘ldi.

AQSh abadiy "Yevropa farzandi" bo‘lib qoladi

G‘arb davlatlari o‘zlari yaratgan xalqaro hamkorlik tizimi va global institutlardan voz kechishi kerak emas, lekin ushbu tuzilmalarni islohot qilish va yangilash kerak.
“Biz o‘zimiz va sizning kelajagingizga befarq emasmiz. Ba’zida biz sizning fikringizga rozi bo‘lmaymiz, lekin bu kelishmovchilik AQShning Yevropa kelajagidan chuqur qayg‘urishidan kelib chiqadi. Biz Yevropa bilan ruhan va madaniy bog‘liqmiz. Biz Yevropaning kuchli bo‘lishini xohlaymiz.
AQSh gullab-yashnashning yangi asriga yo‘l ochmoqda va buni Yevropa bilan birga amalga oshirishni istaydi.
Qo‘shma Shtatlar abadiy “Yevropa farzandi” bo‘lib qoladi.
Bizni kelajakda umumiy taqdir kutmoqda.

Ukraina masalasi

Ukrainada tinchlikka erishish borasida bir narsa quvonarli – bahsli masalalar sonini qisqartirishga muvaffaq bo‘ldik.
Qolgan mavzular eng murakkab. Ushbu muammolar bo‘yicha ishlash davom etmoqda.
AQSh mojaroni tugatishda qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.
Ukrainaga AQSh qurollarini sotish dasturi davom etmoqda. Bu borada hech qanday tashabbuslar to‘xtatilgani yo‘q.
Yevropa PURL dasturi doirasida AQSh qurollarini sotib olib Ukrainaga yetkazib berishda davom etmoqda.

Ukrainada mojaroning yechimi adolatli va uzoq muddatli bo‘lishi kerak. U Kiyevni ham qoniqtirishi kerak.

AQSh va Xitoy munosabatlari

G‘arb davlatlari va Xitoy orasida fundamental qarama-qarshiliklar mavjud va ular kelajakda ham saqlanib qoladi. Hech kim bu munosabatlar biz zumda yaxshilanib ketishiga ishonmaydi.
AQSh va Xitoy global manfaatlarga ega bo‘lgan ikki ulkan davlat. Bizning milliy manfaatlarimiz ko‘p hollardan bir-biriga mos kelmaydi. Lekin manfaatlarimiz mos kelgan sohalarda biz birga ishlashimiz mumkin. Bu dunyoga ijobiy ta’sir qiladi.
Rubio o‘z nutqida Rossiya haqida hech narsa demadi.
Yangiliklar lentasi
0