https://oz.sputniknews.uz/20261104/russia-parchalash-urinish-barbod-61739984.html
Rossiyani parchalashga urinishlar barbod bo‘ldi — Kalashnikov Putinning rolini aytdi
Rossiyani parchalashga urinishlar barbod bo‘ldi — Kalashnikov Putinning rolini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya jamiyatini parchalashga urinishlar natija bermadi, dedi Davlat dumasi deputati Leonid Kalashnikov. U bunda Putinning rolini ta’kidlab, 1917 va 1991-yillardagi voqealarni, shuningdek SSSRning milliy siyosatini esladi.
2026-11-04T13:05+0500
2026-11-04T13:05+0500
2026-11-04T13:05+0500
rossiya
vladimir putin
tarix
rossiya davlat dumasi
deputat
mdh
sssr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_0:77:770:510_1920x0_80_0_0_ad0e455eb654bfcbeb641b426761f5da.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya jamiyatini parchalashga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu borada ko‘p yillar davomida mehnat qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tan berish kerak, dedi RIA Novostiga Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi rahbari Leonid Kalashnikov.Putin seshanba kuni Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida tashqi kuchlar butun tarix davomida Rossiyani xalqaro maydondagi raqobatchi sifatida zaiflashtirish maqsadida Rossiya jamiyatiga rahna solishga, mamlakatni bo‘lib tashlashga harakat qilganini ta’kidladi. Biroq, prezident qayd etganidek, xalqlar birligi milliy suverenitetni mustahkamlash va Rossiyaning o‘zini asrab qolishning eng muhim omiliga aylandi.Uning eslatishicha, 1917-yil fevral oyida mamlakat "bo‘laklarga bo‘linib ketgan", bolsheviklar qurol kuchi va ishontirish yo‘li bilan ularni qayta birlashtirmaguncha, milliy chekka hududlar ham tarqalib ketgan edi. Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1991-yilda hammasi "ruslarni boqmaymiz" degan millatchi oqimlardan boshlangan.Kalashnikov, shuningdek, Ukrainaga rahbarlar borasida omad kulib boqmaganini va mamlakatda hokimiyatni millatchilar egallab olganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tmish tajribasi ruslar va ukrainlar yagona xalq ekanini ko‘rsatmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260917/putin-saylov-rossiyaliklar-murojaat-60495854.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/06/57368304_90:0:770:510_1920x0_80_0_0_7bcbeeb30d52f973a1ad82ee27a38cc9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, tarix, rossiya davlat dumasi, deputat, mdh, sssr
rossiya, vladimir putin, tarix, rossiya davlat dumasi, deputat, mdh, sssr
Rossiyani parchalashga urinishlar barbod bo‘ldi — Kalashnikov Putinning rolini aytdi
Kalashnikov Rossiya jamiyatini parchalash urinishlari barbod bo‘lganini aytib, bunda Putinning xizmatlari katta ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya jamiyatini parchalashga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu borada ko‘p yillar davomida mehnat qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tan berish kerak,
dedi RIA Novostiga Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi rahbari Leonid Kalashnikov.
Putin seshanba kuni Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida tashqi kuchlar butun tarix davomida Rossiyani xalqaro maydondagi raqobatchi sifatida zaiflashtirish maqsadida Rossiya jamiyatiga rahna solishga, mamlakatni bo‘lib tashlashga harakat qilganini ta’kidladi. Biroq, prezident qayd etganidek, xalqlar birligi milliy suverenitetni mustahkamlash va Rossiyaning o‘zini asrab qolishning eng muhim omiliga aylandi.
"Bizni (parchalashning - tahr.) uddasidan chiqisholmadi va chiqisholmaydi ham, deb aytish, albatta, yaxshi, lekin bu yerda Putinga tan berish kerak, u shu yillar mobaynida bu borada ko‘p mehnat qildi", - dedi Kalashnikov.
Uning eslatishicha, 1917-yil fevral oyida mamlakat "bo‘laklarga bo‘linib ketgan", bolsheviklar qurol kuchi va ishontirish yo‘li bilan ularni qayta birlashtirmaguncha, milliy chekka hududlar ham tarqalib ketgan edi. Qo‘mita rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1991-yilda hammasi "ruslarni boqmaymiz" degan millatchi oqimlardan boshlangan.
Kalashnikov, shuningdek, Ukrainaga rahbarlar borasida omad kulib boqmaganini va mamlakatda hokimiyatni millatchilar egallab olganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tmish tajribasi ruslar va ukrainlar yagona xalq ekanini ko‘rsatmoqda.
"Birorta tilni, birorta madaniyatni yo‘q qilmagan, kitoblar chop etgan Sovet Ittifoqiga ham tan berish kerak. Albatta, agar birinchi kotib rus bo‘lsa, ikkinchisi burat bo‘lardi. Birinchisi burat bo‘lsa, ikkinchisi rus bo‘lardi. Sovet Ittifoqi hatto shunday tafsilotlar va mayda-chuydalarga ham katta ahamiyat bergan", - deya xulosa qildi parlament a’zosi.