Putin parlament saylovlari arafasida rossiyaliklarga murojaat qildi
09:15 17.09.2026 (yangilandi: 10:07 17.09.2026)

© POOL
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, puxta o‘ylangan, mas’uliyatli qaror qabul qilishga chaqirdi.
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18–20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari arafasida fuqarolarga murojaat qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
U saylovlar jarayonini "muhim, ko‘p jihatdan hal qiluvchi" deb atadi. Davlat Dumasi, hududiy va munitsipal saylovlar belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini aytdi.
Putin quyidagilarni ta’kidladi:
kampaniya maxsus harbiy operatsiya sharoitida o‘tmoqda. Donbass va Novorossiya aholisi Rossiya bilan birlashgandan keyin birinchi marta Davlat dumasi deputatlarini saylaydi;
jangovar vazifalarni bajarayotgan askar va ofitserlar ovoz berishda faol qatnashishiga ishonch bildirdi, ularning jasorati va Vatanga sadoqatini o‘rnak deb atadi;
Rossiya nima uchun kurashayotganini va har bir fuqaroning burchi nimaligini bilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘alabani harbiylar jang maydonida qozonmoqda, uni Vatan uchun mehnat qilayotganlar yaqinlashtirmoqda;
Rossiya xalqlari birligi yilida saylovda ishtirok etishni mas’uliyat va mamlakatni mustahkamlashga hissa deb atadi;
har bir ovoz ahamiyatli ekanini, barcha darajada xalq manfaatlarini kimlar ifoda etishi saylovchilar tanloviga bog‘liqligini aytdi;
eng munosib va salohiyatli nomzodlar, Rossiyaga sadoqatini amalda isbotlagan vatanparvarlar g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
saylovchilar tanlovi harbiylar ortida millionlab odamlar turganini, xalqni umumiy qadriyatlar, tarixiy xotira va Vatanga muhabbat birlashtirishini ko‘rsatishini bildirdi.
"Hech kim bizni parchalab, qo‘rqitolmaydi, davlatchiligimiz va ijtimoiy-siyosiy tizimimizga putur yetkazolmaydi", - dedi Rossiya rahbari.
Ovoz berish 18, 19 va 20-sentabr kunlari o‘tadi. Putin fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, puxta o‘ylangan, mas’uliyatli qaror qabul qilishga chaqirdi.
Uning ta’kidlashicha, natijalar Rossiya jamiyatining yetukligi va mustahkamligini tasdiqlashi, Rossiyani zaiflashtirish, rivojlanishini to‘xtatish, suverenitet va o‘z taqdirini belgilash huquqidan mahrum qilishni istaganlarga "umumiy javob" bo‘lishi kerak.
"Saylovda ishtirok etish — Rossiyaning g‘alabasiga qo‘shgan umumiy hissamiz", — dedi Putin.
