https://oz.sputniknews.uz/20261104/russia-birlashish-61740532.html
Rossiya xuddi simob kabi: sochilsa ham yana birlashadi — Jurova
Rossiya xuddi simob kabi: sochilsa ham yana birlashadi — Jurova
Sputnik O‘zbekiston
Davlat dumasi deputati Svetlana Jurova Rossiya birligini simobga qiyosladi. U G‘arbning mamlakatni parchalashga urinishlari, ko‘p millatli jamiyatning ahamiyati va Ukrainada rus tilining kelajagi haqida fikr bildirdi.
2026-11-04T13:21+0500
2026-11-04T13:21+0500
2026-11-04T13:21+0500
rossiya
rossiya davlat dumasi
donbass
rus tili
deputat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61740167_0:87:3331:1961_1920x0_80_0_0_131473cc45cdf7f04e3cd766cf9c6f9b.jpg
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya tashqi kuchlarning mamlakatni parchalashga qaratilgan har qanday urinishiga barham beradi, mamlakat aynan ko‘p millatliligi tufayli jipslashmoqda. Bu haqda Davlat dumasining Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Jurova RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida tashqi kuchlar butun tarix davomida Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeyini zaiflashtirish maqsadida Rossiya jamiyatini parchalashga, mamlakatni bo‘laklab tashlashga urinib kelganini ta’kidladi. Biroq, prezident qayd etganidek, xalqlar birligi milliy suverenitetni mustahkamlash va Rossiyaning o‘zini asrab qolishning eng muhim omiliga aylandi.Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb bu mavzu orqali manipulyatsiya qilishidan naf yo‘q, chunki ular masalaning tub mohiyatini tushunmaydilar. Rossiyada hech qachon Ukrainadagi kabi rus tili taqiqlanadigan va rus tilida so‘zlashuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmaydigan vaziyat yuzaga kelmaydi, dedi deputat.“Biz o‘z an’analarimizni ehtiyotlab asraymiz hamda oz sonli xalqlarimizning urf-odatlari va tillarini albatta saqlab qolamiz... Buning muhimligini tushunamiz. Ajablanarlisi shundaki, garchi ularda deyarli hamma rus tilida gaplashgani ma’lum bo‘lsa-da, Ukraina buni har tomonlama tag-tomiri bilan yo‘qotmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.Shu bilan birga, Donbass aholisi Ukrainada yashagan paytlarida ham rus madaniyati, xotirasi va an’analarini saqlab qolgan va hozirda sof rus tilida so‘zlashmoqda, deya qo‘shimcha qildi Jurova. Uning ishonch bildirishicha, Ukraina hukumati kelajakda baribir rus tilini qaytarishga majbur bo‘ladi.“Baribir, ular u yoki bu tarzda rus tilini muomalaga qaytarishlariga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi Jurova.
https://oz.sputniknews.uz/20261104/rus-xalq-millatlar-birlashtirish-qobiliyat-61738897.html
donbass
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0b/04/61740167_301:0:3030:2047_1920x0_80_0_0_947cd2c3e74d082ffa4f8437f5ce9acb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, rossiya davlat dumasi, donbass, rus tili, deputat
rossiya, rossiya davlat dumasi, donbass, rus tili, deputat
Rossiya xuddi simob kabi: sochilsa ham yana birlashadi — Jurova
Jurovaning aytishicha, G‘arb Rossiyani parchalashga urinmoqda, ammo mamlakatdagi turli millatlarning birligi bu urinishlarga to‘sqinlik qilmoqda.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya tashqi kuchlarning mamlakatni parchalashga qaratilgan har qanday urinishiga barham beradi, mamlakat aynan ko‘p millatliligi tufayli jipslashmoqda. Bu haqda Davlat dumasining Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Svetlana Jurova RIA Novosti agentligiga
ma’lum qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida tashqi kuchlar butun tarix davomida Rossiyaning xalqaro maydondagi mavqeyini zaiflashtirish maqsadida Rossiya jamiyatini parchalashga, mamlakatni bo‘laklab tashlashga urinib kelganini ta’kidladi. Biroq, prezident qayd etganidek, xalqlar birligi milliy suverenitetni mustahkamlash va Rossiyaning o‘zini asrab qolishning eng muhim omiliga aylandi.
“Biz bu urinishlarga barham beramiz. Axir 4-noyabr Xalq birligi kuni. G‘arb yana bir bor bizni bir-birimizdan ayirishga urinmoqda, biz esa aynan o‘zimizning ko‘p millatliligimiz asosida jipslashapmiz. Bu, bilasizmi, xuddi simobga o‘xshaydi. Bir qarasa u sochilib ketadi, keyin esa yana bir joyga yig‘iladi. Bu xuddi biz haqimizda”, — dedi Jurova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb bu mavzu orqali manipulyatsiya qilishidan naf yo‘q, chunki ular masalaning tub mohiyatini tushunmaydilar. Rossiyada hech qachon Ukrainadagi kabi rus tili taqiqlanadigan va rus tilida so‘zlashuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmaydigan vaziyat yuzaga kelmaydi, dedi deputat.
“Biz o‘z an’analarimizni ehtiyotlab asraymiz hamda oz sonli xalqlarimizning urf-odatlari va tillarini albatta saqlab qolamiz... Buning muhimligini tushunamiz. Ajablanarlisi shundaki, garchi ularda deyarli hamma rus tilida gaplashgani ma’lum bo‘lsa-da, Ukraina buni har tomonlama tag-tomiri bilan yo‘qotmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shu bilan birga, Donbass aholisi Ukrainada yashagan paytlarida ham rus madaniyati, xotirasi va an’analarini saqlab qolgan va hozirda sof rus tilida so‘zlashmoqda, deya qo‘shimcha qildi Jurova. Uning ishonch bildirishicha, Ukraina hukumati kelajakda baribir rus tilini qaytarishga majbur bo‘ladi.
“Baribir, ular u yoki bu tarzda rus tilini muomalaga qaytarishlariga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi Jurova.