Rus xalqi turli millatlarni birlashtirish qobiliyati bilan kuchli — Zatulin

© Sputnik / Nina ZotinaPerviy zamestitel komiteta Gosdumi RF po delam SNG Konstantin Zatulin
Perviy zamestitel komiteta Gosdumi RF po delam SNG Konstantin Zatulin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Obuna bo‘lish
Zatulinning ta’kidlashicha, rus xalqining turli millat va madaniyatlarni birlashtira olishi ulkan davlat barpo etishga imkon bergan.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rus xalqi birlashtira olish va saqlab qolish qobiliyati bilan kuchlidir — Zatulin Rus xalqi o‘z tarkibida turli madaniyat va elatlarni birlashtira olishi hamda saqlab qolishi bilan kuchlidir, deya ma’lum qildi RIA Novostiga Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi a’zosi Konstantin Zatulin.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni Millatlararo munosabatlar bo‘yicha kengash yig‘ilishida tashqi kuchlar butun tarix davomida xalqaro maydondagi raqobatdan qutulish maqsadida Rossiya jamiyatiga rahna solishga, mamlakatni bo‘lib tashlashga uringanini qayd etdi. Biroq, prezident ta’kidlaganidek, xalqlar birligi milliy suverenitetni mustahkamlash va Rossiyaning o‘zini asrab qolishning eng muhim omiliga aylandi.

"Rus xalqi davlat tashkil etuvchi xalq sifatida shu bilan kuchliki, u o‘z tarixida yuzlab yillar davomida qo‘shib olish va birlashtirishni, shuningdek, o‘z tarkibida turli madaniyat va xalqlarni saqlab qolishni uddalagan. Mana shu mislsiz yutuq bizga shunday ulkan mamlakatni barpo etish imkonini berdi", - dedi Zatulin.

Parlament a’zosi XX asrda Rossiya ikki marta parchalanganini eslatib o‘tdi: dastlab Birinchi jahon urushi va 1917-yilgi inqilob davrida Rossiya imperiyasi, keyin esa 1991-yilda, "o‘zimizni o‘zimiz chalg‘itib qo‘yganimizda" Sovet Ittifoqi. Uning fikricha, hozirda Rossiya Federatsiyasidagi ko‘p millatli birlik va barqarorlikka ichkaridan putur yetkazishga qaratilgan xomxayollarga, shubha-gumonlarga va xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhim.
Zatulinning fikricha, hozirda rossiyaliklarning birligiga tashqaridan rahna solishga urinishlar Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya fonida amalga oshirilmoqda.
"Bunday urinishlar kaltabin yoki g‘arazli niyatdagi kishilar tomonidan turli darajada amalga oshirilmoqda: ham maxsus harbiy operatsiya munosabati bilan, ham mamlakat boshdan kechirayotgan qiyinchiliklar, masalan, migratsiya siyosati va hokazolar bahonasida", - deya ta’kidladi u.
Deputat hech kim ichki nizolardan foydalana olmasligi uchun Rossiya fuqarolari oqil bo‘lishlari lozimligini qo‘shimcha qildi.

"Rossiya Federatsiyasi prezidentining murojaati mazmuni ham shunda va men buni mutlaqo hamda to‘liq qo‘llab-quvvatlayman", - deya xulosa qildi u.

Lyudi sobirayutsya u bolshoy sportivnoy areni Lujniki v Moskve pered nachalom mitinga-konserta, posvashennogo vossoyedineniyu Krima s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Rossiyada Xalq birdamligi kuni nishonlanmoqda — 414-yil avval nima bo‘lgan?
Yangiliklar lentasi
0