Rossiyada Xalq birdamligi kuni nishonlanmoqda — 414-yil avval nima bo‘lgan?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLyudi sobirayutsya u bolshoy sportivnoy areni "Lujniki" v Moskve pered nachalom mitinga-konserta, posvashennogo vossoyedineniyu Krima s Rossiyey
Lyudi sobirayutsya u bolshoy sportivnoy areni Lujniki v Moskve pered nachalom mitinga-konserta, posvashennogo vossoyedineniyu Krima s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyada Xalqlar birligi kuni nishonlanmoqda. 414-yillik tarix va 2026-yildagi bayramning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Bugun Rossiyada Xalqlar birligi kuni nishonlanmoqda. Ushbu davlat bayrami 1612-yilda Moskva xalq lashkari tomonidan Polsha qo‘shinlaridan ozod qilingani munosabati bilan belgilangan.
414 yil avval nima bo‘lgan?
XVII asr boshlarida Rossiya og‘ir siyosiy inqirozni boshdan kechirgan. 1610-yilda podshoh Vasiliy Shuyskiy taxtdan ag‘darilgach, hokimiyatni egallagan boyarlar Polsha qirolining o‘g‘li Vladislavni taxtga taklif qilgan. Polyak qo‘shinlari Moskvaga kirib, poytaxtda amalda hukmronlik o‘rnatgan.
1612 yilda Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy boshchiligidagi xalq lashkari Moskvani ozod qilgan. Shu tariqa polyak qo‘shinlarining poytaxtdagi qariyb ikki yillik hukmronligiga barham berilgan.
Bu g‘alaba siyosiy inqirozdan chiqishda muhim burilish yasagan. 1613-yilda Mixail Romanov podshoh etib saylangan.
Nega aynan 4-noyabr?
Bu sana pravoslav an’analarida Qozon Bojiya Materi ikonasi bayrami bilan ham bog‘liq. 1649-yilda ushbu kun cherkov-davlat bayrami sifatida belgilangan.
1917 yildan keyin esa 7-noyabr — Oktabr inqilobi kuni asosiy davlat bayramlaridan biriga aylangan.
2004 yil dekabrda Rossiyada Xalq birligi kunini ta’sis etish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Yangi bayram ilk bor 2005-yil 4-noyabrda nishonlandi.
2026 yilgi bayramning o‘ziga xosligi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan 2026-yil Xalqlar birligi yili deb e’lon qilingan.
Rossiyada 190 dan ortiq xalq va etnik guruh vakillari istiqomat qiladi. Yil davomida ularning tarixi, madaniyati va an’analarini saqlash, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2–8 noyabr kunlari Moskvada "Rossiya xalqlari" xalqaro haftaligi o‘tkazilmoqda. Dasturda madaniy meros, milliy an’analar, tarixiy xotira va xalqaro gumanitar hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Pozdravlenie Posla Rossii v Uzbekistane A.V.Yerxova po sluchayu Dnya narodnogo yedinstva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi rossiyaliklarni Milliy birlik kuni bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0