O‘zbekiston parlament delegatsiyasi BRIKS forumida qatnashdi: qanday qarorlar qabul qilindi?
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi BRIKS forumida qatnashdi: qanday qarorlar qabul qilindi?
Sputnik O‘zbekiston
Hindistonda BRIKSning XII parlament forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan tadbir yakunida BMTni isloh qilish, sun’iy intellekt, xavfsizlik va parlamentlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 26–27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan BRIKSga a’zo va hamkor mamlakatlar parlamentlarining XII forumida O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Forum "Xalq manfaatlari yo‘lida taraqqiyotni ta’minlash uchun parlamentlarni mustahkamlash" mavzusiga bag‘ishlandi. Unda BRIKSga a’zo davlatlar va hamkor mamlakatlar parlamentlari vakillari global muammolarni hal etishda qonun chiqaruvchi organlarning rolini muhokama qildi.U iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va boshqa global muammolar sharoitida davlat institutlarining barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va institutsional barqarorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.Agzamovaning ta’kidlashicha, hech bir davlat global muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. Shu bois parlamentlararo muloqot, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.Forum yakunida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Hindiston parlamenti tarqatgan hujjatda BMT, jumladan, Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, global boshqaruv tizimida rivojlanayotgan mamlakatlar ishtirokini kengaytirish zarurligi qayd etildi.Shuningdek, deklaratsiyada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish, ulardan parlamentlar faoliyatida foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga e’tibor qaratildi.Forumga Hindiston parlamenti quyi palatasi raisi Om Birla mezbonlik qildi. Tadbir davomida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham xorijiy parlament delegatsiyalari vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
Nyu-Dehlida BRIKSning XII parlament forumi yakunlandi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi va qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 26–27 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan BRIKSga a’zo va hamkor mamlakatlar parlamentlarining XII forumida O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Forum "Xalq manfaatlari yo‘lida taraqqiyotni ta’minlash uchun parlamentlarni mustahkamlash" mavzusiga bag‘ishlandi. Unda BRIKSga a’zo davlatlar va hamkor mamlakatlar parlamentlari vakillari global muammolarni hal etishda qonun chiqaruvchi organlarning rolini muhokama qildi.
Forumning birinchi yalpi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulrux Agzamova ma’ruza qildi.
U iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va boshqa global muammolar sharoitida davlat institutlarining barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va institutsional barqarorlikni mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Agzamovaning ta’kidlashicha, hech bir davlat global muammolarni yakka holda hal eta olmaydi. Shu bois parlamentlararo muloqot, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Forum yakunida qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Hindiston parlamenti tarqatgan hujjatda BMT, jumladan, Xavfsizlik Kengashini isloh qilish, global boshqaruv tizimida rivojlanayotgan mamlakatlar ishtirokini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, deklaratsiyada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish, ulardan parlamentlar faoliyatida foydalanish bo‘yicha tajriba almashishga e’tibor qaratildi.
Hujjatda xalqaro terrorizm, terrorchilikni moliyalashtirish va transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari ham o‘rin oldi.
Forumga Hindiston parlamenti quyi palatasi raisi Om Birla mezbonlik qildi. Tadbir davomida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham xorijiy parlament delegatsiyalari vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.
BRIKS (BRICS)
BRIKS — siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlatlararo birlashma. Uning nomi dastlabki a’zo davlatlar — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika nomlarining inglizcha bosh harflaridan olingan. O‘zbekiston 2025-yil 1-yanvardan BRIKSning hamkor mamlakati maqomiga ega.