https://oz.sputniknews.uz/20260913/brics-davlatlar-savdo-60412643.html
Putin: BRIKS davlatlari o‘rtasidagi savdo 1,2 trln dollarga yetdi
Putin: BRIKS davlatlari o‘rtasidagi savdo 1,2 trln dollarga yetdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin BRIKS+ yig‘ilishida uyushma davlatlari o‘rtasidagi savdo 1,2 trln dollarga yetganini aytdi. Uyushma jahon eksportining qariyb chorak qismini va global YaIM o‘sishining 49 foizini ta’minlamoqda ham.
2026-09-13T13:18+0500
2026-09-13T13:18+0500
2026-09-13T13:18+0500
dunyo yangiliklari
briks (brics)
hindiston
vladimir putin
eksport
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0d/60412468_0:0:2838:1597_1920x0_80_0_0_4a5f0e25213613a5ad1ebc8789835442.jpg
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. BRIKS davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 1,2 trln dollarga yetdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Dehlidagi BRIKS+ formatidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKS mamlakatlari hozir jahon eksportining qariyb to‘rtdan bir qismini ta’minlamoqda. Putin BRIKSning hali to‘liq ishga solinmagan asosiy zaxiralaridan biri ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishida ekanini ta’kidladi. Bu yangi ishlab chiqarish, texnologiyalar, xizmatlar va bozorlar zanjirini shakllantirish imkonini beradi.Rossiya rahbari bu jarayonni BRIKSning umumiy o‘sish platformasini shakllantirish deb atadi. Uning fikricha, bunday platforma nafaqat uyushma a’zolari, balki hamkor davlatlar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak.Shuningdek, u BRIKS davlatlarida tashqi konyunkturadan mustaqil tovarlar, xizmatlar va kapital harakati kanallari shakllanganini qayd etdi.Putin Rossiya ilgari surgan amaliy tashabbuslarga ham e’tibor qaratdi. Ular orasida BRIKSning to‘lov va hisob-kitob-depozitar infratuzilmasini yaratish, qayta sug‘urtalash mexanizmini joriy etish va don birjasini tashkil qilish bor.Bu takliflar avval ham bildirilgan, ammo 13-sentabrdagi BRIKS+ yig‘ilishida Rossiya prezidenti ularni yana bir bor qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260912/kam-sonli-mamlakatlar-uchun-xizmat-qilgan-bir-qutbli-dunyo-otmishda-qolmoqda--putin-60397013.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/0d/60412468_0:0:2524:1892_1920x0_80_0_0_596eced8c4a7c9f2df872f581ec4d4f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, briks (brics), hindiston, vladimir putin, eksport, iqtisod
dunyo yangiliklari, briks (brics), hindiston, vladimir putin, eksport, iqtisod
Putin: BRIKS davlatlari o‘rtasidagi savdo 1,2 trln dollarga yetdi
Rossiya prezidenti BRIKS+ yig‘ilishida uyushma davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi hozirda 1,2 trln dollarga yetganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. BRIKS davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 1,2 trln dollarga yetdi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Dehlidagi BRIKS+ formatidagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BRIKS mamlakatlari hozir jahon eksportining qariyb to‘rtdan bir qismini ta’minlamoqda.
So‘nggi yillarda global yalpi ichki mahsulot o‘sishining 49 foizi ham uyushma davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Putin BRIKSning hali to‘liq ishga solinmagan asosiy zaxiralaridan biri ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishida ekanini ta’kidladi. Bu yangi ishlab chiqarish, texnologiyalar, xizmatlar va bozorlar zanjirini shakllantirish imkonini beradi.
Rossiya rahbari bu jarayonni BRIKSning umumiy o‘sish platformasini shakllantirish deb atadi. Uning fikricha, bunday platforma nafaqat uyushma a’zolari, balki hamkor davlatlar uchun ham ochiq bo‘lishi kerak.
Shuningdek, u BRIKS davlatlarida tashqi konyunkturadan mustaqil tovarlar, xizmatlar va kapital harakati kanallari shakllanganini qayd etdi.
Bu mexanizmlar tashqi bosimlarga qaramay tijorat, bank, moliyaviy va investitsiya operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Putin Rossiya ilgari surgan amaliy tashabbuslarga ham e’tibor qaratdi. Ular orasida BRIKSning to‘lov va hisob-kitob-depozitar infratuzilmasini yaratish, qayta sug‘urtalash mexanizmini joriy etish va don birjasini tashkil qilish bor.
Bu takliflar avval ham bildirilgan, ammo 13-sentabrdagi BRIKS+ yig‘ilishida Rossiya prezidenti ularni yana bir bor qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.