https://oz.sputniknews.uz/20261026/serbia-saylov-talabalar-vuchich-galaba-61489864.html
Serbiyadagi saylovlarda "talabalar" Vuchich ustidan g‘alaba qozondi
Serbiyadagi saylovlarda "talabalar" Vuchich ustidan g‘alaba qozondi
Sputnik O‘zbekiston
Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich parlament saylovlarida o‘z koalitsiyasi mag‘lub bo‘lganini tan oldi. U bunda AQShning Trampga qarshi kuchlari va Yevropa mamlakatlarini ayblab, Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqida ogohlantirdi.
2026-10-26T09:56+0500
2026-10-26T09:56+0500
2026-10-26T10:14+0500
aleksandr vuchich
serbiya
saylov natijalari
saylovlar
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61491420_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_e1eb309bacc8c4ac7b934d4773aae61f.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich o‘z koalitsiyasining muddatidan oldingi parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. U bunda AQShning “chuqur davlat” deb ataluvchi tuzilmalari va ayrim Yevropa mamlakatlarini aybladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Vuchichning ta’kidlashicha, uning siyosiy raqiblari AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi bo‘lgan kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.25 oktabrda Serbiyada 250 o‘rinli parlament — Xalq skupshinasiga muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tdi.Vuchich o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishida “Aleksandr Vuchich — Birlashgan Serbiya” koalitsiyasi saylovda yutqazganini ma’lum qildi.Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, muxolifatdagi “Talabalar ro‘yxati” 135–140 ta, o‘z koalitsiyasi esa taxminan 105 ta deputatlik mandatini qo‘lga kiritishi mumkin.Serbiya saylov komissiyasining 26-oktabr tungi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 8 392 ta saylov uchastkasidagi ovozlarning 4 838 tasi bo‘yicha hisob-kitob yakunlangan. Ularda “Talabalar ro‘yxati” 48,52 foiz, Vuchich koalitsiyasi esa 43,26 foiz ovoz olgan.Vuchich 2025-yil oktabrda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Joriy yilning 8-sentabrida Aleksandr Vuchich Belgradda Shavkat Mirziyoyevga Serbiyaning oliy davlat mukofoti — Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini topshirgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260908/uzbekistan-serbia-sheriklik-60303336.html
serbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/0a/1a/61491420_95:0:2826:2048_1920x0_80_0_0_5a57d9f9aab0361483234dbf55ce5081.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aleksandr vuchich, serbiya, saylov natijalari, saylovlar, dunyo yangiliklari, dunyoda
aleksandr vuchich, serbiya, saylov natijalari, saylovlar, dunyo yangiliklari, dunyoda
Serbiyadagi saylovlarda "talabalar" Vuchich ustidan g‘alaba qozondi
09:56 26.10.2026 (yangilandi: 10:14 26.10.2026) Vuchich o‘z koalitsiyasining parlament saylovlaridagi mag‘lubiyatini tan olib, bunda Trampga qarshi AQSh kuchlari va Yevropa davlatlarini aybladi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Serbiyaning sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich o‘z koalitsiyasining muddatidan oldingi parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. U bunda AQShning “chuqur davlat” deb ataluvchi tuzilmalari va ayrim Yevropa mamlakatlarini aybladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Vuchichning ta’kidlashicha, uning siyosiy raqiblari AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi bo‘lgan kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
“Bu ayrim Yevropa mamlakatlari va AQShdagi Trampga qarshi bo‘lgan "chuqur davlat"ning bevosita ko‘magida amalga oshirilgan "inqilob"ning tasdig‘i bo‘ldi”, — dedi siyosatchi.
25 oktabrda Serbiyada 250 o‘rinli parlament — Xalq skupshinasiga muddatidan oldin saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Vuchich o‘z tarafdorlari oldidagi chiqishida “Aleksandr Vuchich — Birlashgan Serbiya” koalitsiyasi saylovda yutqazganini ma’lum qildi.
Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, muxolifatdagi “Talabalar ro‘yxati” 135–140 ta, o‘z koalitsiyasi esa taxminan 105 ta deputatlik mandatini qo‘lga kiritishi mumkin.
Serbiya saylov komissiyasining 26-oktabr tungi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 8 392 ta saylov uchastkasidagi ovozlarning 4 838 tasi bo‘yicha hisob-kitob yakunlangan. Ularda “Talabalar ro‘yxati” 48,52 foiz, Vuchich koalitsiyasi esa 43,26 foiz ovoz olgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Vuchich 2026-yil 27-sentabrda Serbiya prezidenti lavozimidan iste’foga chiqqan va parlament saylovlarida ishtirok etishini bildirgandi.
Vuchich 2025-yil oktabrda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Joriy yilning 8-sentabrida Aleksandr Vuchich Belgradda Shavkat Mirziyoyevga Serbiyaning oliy davlat mukofoti — Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini topshirgan edi.