O‘zbekiston va Serbiya strategik sheriklik o‘rnatdi — imzolangan hujjatlar ro‘yxati

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbekistan i Serbiya ustanovili strategicheskoe partnerstvo
Uzbekistan i Serbiya ustanovili strategicheskoe partnerstvo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Obuna bo‘lish
Belgradda prezidentlar qo‘shma deklaratsiyani imzoladi, yana 20 ta ikki tomonlama hujjat almashildi
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Serbiya strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi. Belgraddagi muzokaralar yakunida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich tegishli qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlar almashildi:
Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risida;
Avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risida;
Hududlararo hamkorlik to‘g‘risida;
Qishloq va suv xo‘jaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida;
Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida;
Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Turizm va madaniy safarlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash borasida hamkorlik to‘g‘risida;
Temir yo‘l infratuzilmasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma filmlar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
2026–2028 yillarda madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeyini qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida;
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida.
Costoyalis peregovori Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Serbii Aleksandra Vuchicha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
O‘zbekiston va Serbiya savdo, yangi loyihalar va mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlarga erishdi
Yangiliklar lentasi
0