Yerni olib qo‘yish bilan qo‘rqitgan hokim o‘rinbosari 65 mln so‘m bilan ushlandi

© Bernad GavrilMujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka
Mujchina kladet konvert s dengami v karman pidjaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2026
Obuna bo‘lish
Hokim o‘rinbosari tadbirkorning yerini olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, uyiga quyosh panellari o‘rnatishni talab qilgani aytilmoqda.
TOShKENT, 25-oktabr — Sputnik. Namangan viloyati Kosonsoy tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan pora sifatida o‘z uyiga quyosh panellari o‘rnatib berishni talab qilganlikda gumonlanib ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mansabdor hokimlik tomonidan mahalliy tadbirkorga ijaraga berilgan yer maydonini boshqa tadbirkorga olib berish bilan tahdid qilgan.
Yer maydonini saqlab qolish evaziga u tadbirkordan o‘z xonadoniga 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.
DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari quyosh panellarini sotib olish hamda o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 65 mln so‘mni xizmat avtomashinasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Konvert i dollarovie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan ushlandi
Yangiliklar lentasi
0