Alifbo, sun’iy intellekt va tushunarli hujjatlar: o‘zbek tili qanday rivojlanadi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel vstrechu s pedagogami i vruchil im gosudarstvennie nagradi.
Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s pedagogami i vruchil im gosudarstvennie nagradi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2026
Obuna bo‘lish
Prezident o‘zbek tilini ta’lim, ilm-fan va raqamli muhitda rivojlantirish vazifalarini aytdi. Alifbo haqidagi qonun ham imzolandi.
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabriklab, davlat tilini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi.
Davlat rahbari ta’lim sifatini oshirish, rasmiy hujjatlarni soddalashtirish, o‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Prezident o‘z tabrigida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratdi:
Ta’lim va darsliklar. O‘quvchilarning o‘qish, tushunish, ravon gapirish va savodli yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Darsliklarni yangilashda o‘zbek tilini ona tili yoki davlat tili sifatida o‘rganayotgan bolalarning ehtiyojlarini hisobga olish.
Tushunarli davlat hujjatlari. Qonunlar, qarorlar, yo‘riqnomalar va murojaatlarga javoblarni sodda, aniq va ravon tilda yozish. Fuqarolar o‘z huquq va majburiyatlarini ortiqcha qiyinchiliksiz tushunishi kerak.
Ilm-fan va atamalar. Tibbiyot, muhandislik, iqtisodiyot va boshqa sohalarda o‘zbek tilidagi ishonchli adabiyotlar, sifatli tarjimalar va elektron resurslarni ko‘paytirish. Ilmiy atamalarni tushunarli qilish va lug‘atlarni muntazam yangilash.
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar. O‘zbek tilidagi elektron lug‘atlar, tarjima va tahrir dasturlarini rivojlantirish. Nutqni matnga, matnni ovozga aylantiradigan texnologiyalarni takomillashtirish.
Xalqaro hamkorlik va tarjima. Xorijda o‘zbek tilini o‘rganuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularni adabiyotlar va ta’lim resurslari bilan ta’minlash. Prezident bu borada Oksford universitetidagi "O‘zbekshunoslik dasturi"ni ham tilga oldi.
Tillar xilma-xilligi. O‘zbek tilini o‘rganish uchun qulay sharoitlar yaratish bilan birga qoraqalpoq tili va mamlakatdagi boshqa tillarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
Prezident ayniqsa davlat idoralarining tilga munosabatiga e’tibor qaratdi.
"Davlat tiliga hurmat davlat xizmatining sifatida ham ko‘rinishi kerak", — deyiladi tabrikda.
Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining o‘zbek tilida qanchalik aniq va foydali ishlashi ularning sifatini baholashda asosiy mezon bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘zbek alifbosida ham o‘zgarishlar bo‘ladi
Ayni O‘zbek tili bayrami kunida prezident lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, to‘rtta harfning yozilishi o‘zgaradi:
O‘ o‘ → Ö ö;
G‘ g‘ → Ğ ğ;
Sh sh → Ş ş;
Ch ch → Ç ç.
Shuningdek, Ng alifbodan mustaqil harf sifatida chiqariladi. Yangi alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.
Qonun rasmiy e’lon qilinganidan olti oy o‘tib kuchga kiradi. Avvalgi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa bosqichma-bosqich almashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. 2019-yildan ushbu sana mamlakatda O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda.
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Oʻ, Gʻ, Sh va Ch yangicha yoziladi — alifbo islohotini Senat ham ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0