Oʻ, Gʻ, Sh va Ch yangicha yoziladi — alifbo islohotini Senat ham ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii
Sostoyalos zasedanie Natsionalnogo soveta po protivodeystviyu korrupsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbek lotin alifbosida to‘rt harfning yozilishi o‘zgaradi, Ng esa alifbodan chiqariladi.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Senatning 19-yalpi majlisida senatorlar “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat o‘zbek lotin alifbosi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat alifbo joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Amaldagi alifbo 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi — Sh, Ch va Ngdan iborat. Yangi alifboda Sh o‘rniga Ş, Ch o‘rniga Ç alohida harf sifatida kiritiladi. Shu hisobdan harflar soni 26 tadan 28 taga yetadi. Ng esa alifbodagi alohida harf birikmasi sifatida chiqariladi.
Bundan tashqari, Oʻ va Gʻ harflarining yozilishi ham o‘zgaradi: ular mos ravishda Ö va Ğ shaklida yoziladi. Tutuq belgisi esa alifboda alohida belgi sifatida saqlanadi.
Ta’kidlanishicha, qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Davlat idoralarining peshlavha, ko‘rsatkich va ayrim ramziy belgilaridan ham ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddat davomida foydalanish mumkin bo‘ladi.
Senat ma’qullagan qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi va belgilangan tartibda rasman e’lon qilinishi kerak.
Ustanovleni novie pravila vedeniya deloproizvodstva na gosudarstvennom yazike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Davlat idoralarida o‘zbek tili: rahbarlar shaxsan javobgar bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0