Jizzaxda tosh davri makonlari va 30 taga yaqin petroglif topildi
Jizzaxda tosh davri makonlari va 30 taga yaqin petroglif topildi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxning Zomin tumanida paleolit va neolit davriga oid yangi makonlar, Sharof Rashidov tumanida esa yettita qoyatosh yuzasida 30 ga yaqin qadimiy petroglif aniqlandi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik dala-qidiruv ishlari davomida tosh davriga oid yangi obyektlar va qoyatosh suratlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Tadqiqotlar Madaniy meros agentligi hamda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan sentabr oyida o‘tkazildi.Shuningdek, Achchi qishlog‘ining g‘arbiy qismi va Arja qishlog‘i hududida neolit davriga mansub topilmajoylar aniqlangan.Mutaxassislar bir hududda paleolit va neolit davrlariga oid yodgorliklarning topilishi Zomin vohasi va Turkiston tizmasining ushbu qismida qadimgi jamoalar uzoq tarixiy davrlar davomida yashaganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.Dala-qidiruv ishlari chog‘ida Sharof Rashidov tumani Ravot qishlog‘ida, Ravotsoyning chap sohilida yangi qoyatosh suratlari majmuasi ham topildi.Dastlabki tahlillarga ko‘ra, petrogliflar bronza davridan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga mansub bo‘lishi mumkin.Yangi topilmalar Turkiston tizmasida qadimgi jamoalarning tarqalishi, yashash muhiti va xo‘jalik faoliyatini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Zomin tumanida paleolit va neolit davriga oid yangi arxeologik obyektlar, Sharof Rashidov tumanida esa 30 taga yaqin qoyatosh surati aniqlandi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik dala-qidiruv ishlari davomida tosh davriga oid yangi obyektlar va qoyatosh suratlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadqiqotlar Madaniy meros agentligi hamda Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan sentabr oyida o‘tkazildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zomin tumani Achchi qishlog‘ining sharqiy qismida paleolit davriga, Peshag‘or qishlog‘ida esa neolit davriga oid makonlar qayd etilgan.
Shuningdek, Achchi qishlog‘ining g‘arbiy qismi va Arja qishlog‘i hududida neolit davriga mansub topilmajoylar aniqlangan.
Mutaxassislar bir hududda paleolit va neolit davrlariga oid yodgorliklarning topilishi Zomin vohasi va Turkiston tizmasining ushbu qismida qadimgi jamoalar uzoq tarixiy davrlar davomida yashaganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda.
Dala-qidiruv ishlari chog‘ida Sharof Rashidov tumani Ravot qishlog‘ida, Ravotsoyning chap sohilida yangi qoyatosh suratlari majmuasi ham topildi.
Yettita slanes qoyatosh yuzasida jami 30 taga yaqin petroglif qayd etildi. Ular orasida ovchi, tog‘ echkisi, qoramol, it, quyoshsimon belgi va kamondan o‘q uzayotgan ovchi tasvirlari bor.
Dastlabki tahlillarga ko‘ra, petrogliflar bronza davridan ilk o‘rta asrlargacha bo‘lgan davrlarga mansub bo‘lishi mumkin.
Yangi topilmalar Turkiston tizmasida qadimgi jamoalarning tarqalishi, yashash muhiti va xo‘jalik faoliyatini o‘rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: paleolit davri taxminan 2,6 million yil avval boshlanib, miloddan avvalgi 12–10 ming yilliklargacha davom etgan. Neolit miloddan avvalgi X–IV ming yilliklar, bronza davri esa asosan miloddan avvalgi III–II ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Ilk o‘rta asrlar Markaziy Osiyo tarixida taxminan milodiy V–VIII asrlarni qamrab oladi.