Makedoniyalik Iskandardan keyingi izlar: Surxondaryoda qadimiy yunon harbiy lageri topildi

© UzANa yuge Uzbekistana obnarujen redkiy obyekt epoxi ellinizma
Na yuge Uzbekistana obnarujen redkiy obyekt epoxi ellinizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2026
Obuna bo‘lish
Iskandar Tepadagi yangi tadqiqotlar bu hudud oddiy qishloq emas, balki ellinizm davriga oid vaqtinchalik harbiy lager bo‘lganini ko‘rsatdi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyati janubidagi Iskandar Tepa yodgorligida ellinizm davriga oid harbiy lager izlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari "Journal of Archaeological Science: Reports" jurnalida e’lon qilindi.
Xalqaro arxeologik guruhga Pragadagi Karl universiteti professori Ladislav Stancho rahbarlik qilgan. Tadqiqotda o‘zbekistonlik arxeolog Shapulat Shaydullayev ham ishtirok etgan.
Iskandar Tepa avval kichik qishloq yoki oddiy aholi manzilgohi sifatida qaralgan. Ammo yangi qazishmalar va geofizik tekshiruvlar bu taxminni o‘zgartirdi. Olimlar hududda miloddan avvalgi II asrga oid vaqtinchalik yunon harbiy lageri bo‘lgan, degan xulosaga keldi.
Arxeologlar bu joyni ilk bor 2017-yilda o‘rgangan, 2021-yilda esa magnitometr va georadarlar yordamida qayta tekshirgan. Natijada taxminan 400 metrlik mudofaa arig‘i, yog‘och to‘siqlar izi va lager atrofidagi ko‘plab qabr chuqurlari aniqlangan.
Qazishmalar davomida hududdan yerga ko‘milgan yirik sopol xumlar ham topilgan. Olimlar ularda oziq-ovqat emas, suv saqlangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu esa lager qisqa muddatli, lekin rejali harbiy manzil sifatida foydalanilganini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Iskandar Tepaning baland joyda joylashgani, mudofaa arig‘i, doimiy binolar izining yo‘qligi va yunon-baqtriya davri tangalarining topilishi uni Markaziy Osiyoda kam uchraydigan ellinistik harbiy obyektlardan biriga aylantiradi.
Olimlar bunday vaqtinchalik lagerlarni aniqlash juda qiyinligini ta’kidlamoqda, chunki ulardan odatda yirik devorlar yoki mustahkam binolar saqlanib qolmaydi.
V Uzbekistane naydeni ostanki rebenka, kotoromu sdelali operatsiyu na cherepe 4000 let nazad. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
O‘zbekistonda 4000-yil oldin bosh suyagida operatsiya qilingan bola qoldiqlari topildi
Yangiliklar lentasi
0