Forishda 30 ming aholiga mo‘ljallangan atom shaharchasi qurilmoqda: 45 foiz hududi yashil bo‘ladi

© Foto: "O‘zbekiston 24" kadriV Farishe stroitsya atomniy gorodok na 30 tisach jiteley
V Farishe stroitsya atomniy gorodok na 30 tisach jiteley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2026
Obuna bo‘lish
Forish tumanida 30 ming aholiga mo‘ljallangan atom shaharchasi barpo etilmoqda. Uning 45 foiz hududini bog‘ va xiyobonlar tashkil etadi.
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida atom shaharchasi eko-urbanistika tamoyillari asosida barpo etilmoqda. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Jalol Arashev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Shaharchaning bosh rejasi 200 gektar maydon va 30 ming aholiga mo‘ljallangan. U barcha qulayliklarga ega namunali shahar sifatida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Bu yerda ijtimoiy soha obyektlari — maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, xususiy klinika va oliy ta’lim muassasalari joylashishi belgilangan.
Shuningdek, shaharchadagi uylarning 35 foizigacha bo‘lgan qismini energiya tejamkor qilib qurish vazifasi qo‘yilgan.
Atom shaharchasi qurilishining birinchi bosqichida 50 gektar maydonda 10 ming aholiga mo‘ljallangan 3 mingta xonadondan iborat 74 ta ko‘p qavatli uy qurilishi boshlanadi.
Massiv bo‘ylab ichimlik suvi, tozalash inshootlari va elektr ta’minotini qamrab oluvchi alohida kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish ham rejalashtirilgan.
Bosh rejaga muvofiq, shaharcha hududining 45 foizini yashil hududlarga aylantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan. Bu maydonlarda bog‘ va xiyobonlar tashkil etiladi.
Infratuzilmani rivojlantirishning keyingi bosqichida, 2027-yilda investitsiya dasturi asosida 1980 o‘rinli maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi, poliklinika, shuningdek, boshqa ijtimoiy obyektlar va mahalla guzarlari qurilishi boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey o xode rabot po stroitelstvu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Jizzaxda AES mutaxassislari uchun 10 mingtaga yaqin xonadon quriladi
Yangiliklar lentasi
0