https://oz.sputniknews.uz/20260902/jizzax-aes-60152217.html
Jizzaxda AES mutaxassislari uchun 10 mingtaga yaqin xonadon quriladi
Jizzaxda AES mutaxassislari uchun 10 mingtaga yaqin xonadon quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxdagi AES yonida 33 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy shaharcha barpo etiladi. 200 gektarlik hududda 10 mingga yaqin xonadon va ijtimoiy obyektlar quriladi.
2026-09-02T18:34+0500
2026-09-02T18:34+0500
2026-09-02T18:34+0500
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
shavkat mirziyoyev
qurilish
elektr energiyasi
ko‘p kvartirali uylar
jamiyat
aes
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60152041_0:159:1900:1228_1920x0_80_0_0_e5fd0c8c403567cb2cacda4c217cfd04.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasiga yondosh zamonaviy shaharcha qurish rejasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Shaharcha 200 gektar maydonda barpo etiladi. U qariyb 33 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, hududda jami 10 mingga yaqin xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 3 mingta xonadon foydalanishga topshiriladi.Binolarni qurishda zamonaviy issiqlik himoyasi, muqobil energiya manbalari va "aqlli" yoritish tizimlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.AESning tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etish doirasida:Yangi shaharcha AESni kelgusida boshqaradigan operatorlar, muhandislar, radiatsiya xavfsizligi mutaxassislari va ularning oilalari uchun zarur uy-joy hamda ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260421/aes-qurilish-loyiha-kolam-57037251.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/02/60152041_212:0:1900:1266_1920x0_80_0_0_4176270f8cadb60a3cdd66366ed225ba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, shavkat mirziyoyev, qurilish, elektr energiyasi, ko‘p kvartirali uylar, jamiyat, aes, jizzax
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, shavkat mirziyoyev, qurilish, elektr energiyasi, ko‘p kvartirali uylar, jamiyat, aes, jizzax
Jizzaxda AES mutaxassislari uchun 10 mingtaga yaqin xonadon quriladi
2025 yil dekabrda 10 ming kishiga mo‘ljallangan shaharcha loyihasi kengaytirildi — unda endi 10 mingga yaqin xonadon qurilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidagi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasiga yondosh zamonaviy shaharcha qurish rejasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Shaharcha 200 gektar maydonda barpo etiladi. U qariyb 33 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, hududda jami 10 mingga yaqin xonadon qurilishi rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda 3 mingta xonadon foydalanishga topshiriladi.
Loyiha doirasida energiya tejamkor ko‘p qavatli uylar, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari, tibbiyot, sport va madaniyat obyektlari hamda dam olish maskanlari quriladi. Shaharchada keng yashil hududlar ham tashkil etiladi.
Binolarni qurishda zamonaviy issiqlik himoyasi, muqobil energiya manbalari va "aqlli" yoritish tizimlaridan foydalanish ko‘zda tutilgan.
AESning tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etish doirasida:
388 kilometr elektr tarmog‘i;
110 kilovoltli podstansiya;
21 kilometr ichimlik suvi quvuri;
120 kilometr texnik suv quvuri;
39,5 kilometr avtomobil yo‘li;
11 kilometr temir yo‘l quriladi.
Prezident ushbu infratuzilma obyektlarini qurishda mahalliy mahsulotlar va xizmatlar ulushini 60–70 foiz darajasida ta’minlash vazifasini qo‘ydi.
Yangi shaharcha AESni kelgusida boshqaradigan operatorlar, muhandislar, radiatsiya xavfsizligi mutaxassislari va ularning oilalari uchun zarur uy-joy hamda ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.