Asosiy stavka 14 foizda qoldi — Markaziy bank asosiy xatarlarni sanab o‘tdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevSentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2026
Obuna bo‘lish
Markaziy bank narx bosimi va inflyatsion kutilmalar hali ham yuqori bo‘lib qolayotgani uchun qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqladi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Avgustda umumiy inflyatsiya 6,2 foizgacha, bazaviy inflyatsiya esa 5,5 foizgacha pasaydi. Biroq Markaziy bank narx bosimi to‘liq bartaraf etilmaganini qayd etdi. Xususan, yillik narx o‘sishi 5 foizdan yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ulushi oshgan.
Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham pasaymoqda, ammo bu jarayon umumiy inflyatsiya sekinlashuviga qaraganda sustroq kechmoqda. Regulyator buni narx belgilashda inflyatsion inersiya saqlanayotgani bilan izohladi.
Chakana savdo, xizmatlar va investitsiyalar dinamikasi iste’mol hamda investitsion talab faolligini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, kreditlar o‘sishi asta-sekin maqbullashib, ijobiy real foiz stavkalari aholining jamg‘arishga moyilligini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Asosiy tashqi xatarlar sifatida jahon xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqoriligi, transport-logistika xarajatlari qayd etildi. Ichki xatarlar qatoriga esa tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirishning ishlab chiqarish va xizmatlar narxiga ikkilamchi ta’siri kiritildi.
Shu bilan birga, so‘mning real samarali almashuv kursi yil davomida mustahkamlanayotgani import narxlari orqali inflyatsion bosimni yumshatuvchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 28-oktabrga belgilangan.
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Markaziy bank asosiy stavka nima sababdan 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirilganini izohladi
Yangiliklar lentasi
0