https://oz.sputniknews.uz/20251024/cbu-stavka-14-foiz-izoh-52945876.html
Markaziy bank asosiy stavka nima sababdan 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirilganini izohladi
Markaziy bank asosiy stavka nima sababdan 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirilganini izohladi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank inflyatsion bosim, tashqi xatarlar va xizmatlar sohasidagi yuqori narxlar sababli asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
2025-10-24T11:47+0500
2025-10-24T11:47+0500
2025-10-24T11:47+0500
o‘zbekiston
jamiyat
markaziy bank
inflyatsiya
iqtisod
asosiy stavka
kredit
yaim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_0:183:2990:1865_1920x0_80_0_0_4e50f0450d8e611368ed019e87d54d85.jpg
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Regulyator bu qarorning iqtisodiy asoslarini izohlab berdi.Ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasi 6,1 foizga sekinlashib, narxlarni barqarorlashtirishga hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, xizmatlar sohasida inflyatsiya yuqori darajada saqlanmoqda.Qat’iy pul-kredit sharoitlari va so‘mning mustahkamlanishi ta’sirida bazaviy inflyatsiya pasayish tendensiyasiga o‘tdi va sentabrda 7 foizgacha sekinlashdi. Markaziy bankning baholashicha, yil yakuniga qadar inflyatsiya 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.Aholi daromadlarining oshishi va chakana kreditlash faolligi iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu holat, shuningdek, energiya narxlarining erkinlashtirilishi inflyatsion bosimning ma’lum darajada saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin.Markaziy bank ta’kidlashicha, inflyatsiyaning barqaror pasayishini ta’minlash uchun pul-kredit siyosatidagi nisbatan qat’iy sharoitlar saqlanadi. Bu iqtisodiyotda jamg‘arish jozibadorligini ta’minlab, kreditlash sur’atlarini muvozanatlashtirishga xizmat qiladi.Shu asosda boshqaruv asosiy stavkani o‘zgarishsiz — yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250912/cbu-inflyatsiya-iqtisodiyot-51916579.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766512_130:0:2861:2048_1920x0_80_0_0_5045f590b8cebb4950772b3f5317f365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, asosiy stavka, inflyatsiya, inflyatsion bosim, tashqi xatarlar, xizmatlar narxlari, pul-kredit siyosati, so‘m mustahkamlanishi, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya prognozlari, o‘zbekiston, uzbekiston
markaziy bank, asosiy stavka, inflyatsiya, inflyatsion bosim, tashqi xatarlar, xizmatlar narxlari, pul-kredit siyosati, so‘m mustahkamlanishi, iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya prognozlari, o‘zbekiston, uzbekiston
Markaziy bank asosiy stavka nima sababdan 14 foizda o‘zgarishsiz qoldirilganini izohladi
Markaziy bank inflyatsion bosim, tashqi xatarlar hamda xizmatlar sohasidagi yuqori narxlar sababli asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Regulyator bu qarorning iqtisodiy asoslarini
izohlab berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sentabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 8 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasi 6,1 foizga sekinlashib, narxlarni barqarorlashtirishga hissa qo‘shdi. Shu bilan birga, xizmatlar sohasida inflyatsiya yuqori darajada saqlanmoqda.
Qat’iy pul-kredit sharoitlari va so‘mning mustahkamlanishi ta’sirida bazaviy inflyatsiya pasayish tendensiyasiga o‘tdi va sentabrda 7 foizgacha sekinlashdi. Markaziy bankning baholashicha, yil yakuniga qadar inflyatsiya 8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Iqtisodiy o‘sish uchinchi chorakda yuqori sur’atlarda davom etdi. Kelgusi chorakda ham bu tendensiya saqlanib, yil yakunida YaIMning real o‘sishi 7–7,5 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilingan.
Aholi daromadlarining oshishi va chakana kreditlash faolligi iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu holat, shuningdek, energiya narxlarining erkinlashtirilishi inflyatsion bosimning ma’lum darajada saqlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Markaziy bank ta’kidlashicha, inflyatsiyaning barqaror pasayishini ta’minlash uchun pul-kredit siyosatidagi nisbatan qat’iy sharoitlar saqlanadi. Bu iqtisodiyotda jamg‘arish jozibadorligini ta’minlab, kreditlash sur’atlarini muvozanatlashtirishga xizmat qiladi.
Shu asosda boshqaruv asosiy stavkani o‘zgarishsiz — yillik 14 foiz darajasida saqlab qolishga qaror qildi.