Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Hindiston erkin savdo hududi bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyor

© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2026
Obuna bo‘lish
Noyabrda muzokaralarning yangi raundi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Hindiston erkin savdo hududi bo‘yicha aloqalarni jadallashtirishga tayyor. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov “Innoprom. Hindiston” forumi doirasida ma’lum qildi.

“Biz muddatlarni bashorat qilmaymiz, chunki hozirgi zamon shundayki, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, muzokaralarning o‘ziga xos mantig‘i bor, ammo biz faktlar haqida gapirapmiz. Fakt shuki, tomonlarning munosabati juda qizg‘in va faol, hamma barcha darajalarda, vazirlar darajasida ham, ekspertlar darajasida ham sa’y-harakatlarni jadallashtirishga tayyor. Bu muvaffaqiyat garovidir”, - deya javob berdi u kelgusi yilda erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuv tuziladimi degan savolga.

Payshanba kuni Nyu-Dehlida YeOII va Hindiston o‘rtasida vazirlar darajasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Moskvaga tashrifidan oldin noyabr oyidagi navbatdagi muzokaralar raundini o‘tkazishga kelishib oldi.
“Shu bilan birga, bu asosiy raund bo‘lishi kerak, uning markazida bozorga kirishning asosiy masalalari turishi lozim”, - dedi Slepnyov.
Tomonlar o‘zaro manfaatli asosiy tovarlar bo‘yicha kelishuvlarni muhokama qildi. Umuman olganda, muzokaralar jarayoniga yondashuvlar bo‘yicha jiddiy tushunishga erishildi, muzokara guruhlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi, deya qo‘shimcha qildi u.
O‘tgan yil noyabr oxirida Hindiston va YeOII erkin savdo hududi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash bo‘yicha muzokaralarning raundini o‘tkazgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, bunday erkin savdo hududini yaratish Hindiston va Rossiyaning tijorat aloqalarini rivojlantirishga xizmat qilgan bo‘lardi.
“Innoprom. Hindiston” birinchi xalqaro sanoat ko‘rgazmasi 9-11 sentabr kunlari Nyu-Dehlida BRIKSning 18-sammiti arafasida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya va Hindistondan 120 tadan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Flagi YeAES i Vyetnama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2026
O‘zbekiston va YeOII
Reshetnikov: YeOII va Vyetnam savdosi 10-yilda ikki barobarga oshdi
Yangiliklar lentasi
0