Reshetnikov: YeOII va Vyetnam savdosi 10-yilda ikki barobarga oshdi
Reshetnikov: YeOII va Vyetnam savdosi 10-yilda ikki barobarga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Vyetnamga suyultirilgan gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish hamda u yerda avtomobil ishlab chiqarishdan manfaatdor. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha memorandum ham imzolaydi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya biznesi Vyetnamga suyultirilgan tabiiy gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Rossiya–Vyetnam muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, avtomobil ishlab chiqarish yo‘nalishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Vyetnam o‘rtasidagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitimda ham nazarda tutilgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda o‘zaro investitsiyalarga o‘tish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Vyetnam kompaniyalari Rossiya agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.Reshetnikov, shuningdek, YeOII va Vyetnam o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim amal qilayotgan 10-yil davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshganini ma’lum qildi. Joriy yilda ham ijobiy sur’at saqlanib, savdo hajmi yana 14 foizga o‘sdi.Rossiya ayni paytda Vyetnamga oziq-ovqat mahsulotlari, metall va o‘g‘itlar eksportini ham oshirmoqda.
Joriy yilda YeOII va Vyetnam savdosi yana 14 foizga oshdi, tomonlar faol savdo-sotiq qilmoqda.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Rossiya biznesi Vyetnamga suyultirilgan tabiiy gaz va neft mahsulotlari yetkazib berishni kengaytirish, shuningdek, mamlakatda avtomobil ishlab chiqarishni rivojlantirishdan manfaatdor. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Rossiya–Vyetnam muzokaralari yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, avtomobil ishlab chiqarish yo‘nalishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Vyetnam o‘rtasidagi erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitimda ham nazarda tutilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikda o‘zaro investitsiyalarga o‘tish muhim yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Vyetnam kompaniyalari Rossiya agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.
Investitsiyaviy jarayonlarni jadallashtirish maqsadida Vyetnam Moliya vazirligi bilan investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanadi.
Reshetnikov, shuningdek, YeOII va Vyetnam o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitim amal qilayotgan 10-yil davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshganini ma’lum qildi. Joriy yilda ham ijobiy sur’at saqlanib, savdo hajmi yana 14 foizga o‘sdi.
Rossiya ayni paytda Vyetnamga oziq-ovqat mahsulotlari, metall va o‘g‘itlar eksportini ham oshirmoqda.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.