https://oz.sputniknews.uz/20260909/aes-raketalar-belgrad-60306988.html
AES, raketalar va nol bojlar: Belgradda nimalar aytildi
AES, raketalar va nol bojlar: Belgradda nimalar aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Serbiya O‘zbekiston bilan ballistik raketalar sohasida hamkorlikka tayyor. Tomonlar nollik bojli erkin savdo bitimini tayyorlamoqda, Belgrad–Toshkent reysi esa 7–8 oy ichida ochilishi mumkin. Bu haqda rasmiylar aytdi.
2026-09-09T09:21+0500
2026-09-09T09:21+0500
2026-09-09T10:01+0500
shavkat mirziyoyev
aleksandr vuchich
hamkorlik
aes
o‘zbekiston
serbiya
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60306823_0:0:1900:1069_1920x0_80_0_0_b27be5b090f6ffc38a6446a69eeea4f9.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Serbiya O‘zbekiston bilan mudofaa sanoatida, jumladan, uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgraddagi O‘zbekiston–Serbiya biznes-forumida ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya bir yil ichida uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarishni boshlaydi. Vuchich bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.Avvalroq O‘zbekistonda ikkinchi AES loyihasiga tayyorgarlik boshlangani aytilgan, ammo hamkor davlat ochiqlanmagan edi.Shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Serbiya barcha tovarlar uchun paritet asosida nol stavkalarni nazarda tutuvchi erkin savdo bitimi ustida ish boshlagan.Vuchich Belgrad–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov 7–8 oy ichida yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini aytdi. Mirziyoyev esa Belgradda O‘zbekistonning maxsus diplomatik vakolatxonasi ochilishini, diplomatlar kelgusi haftayoq yuborilishini ma’lum qildi.O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi rejasini qabul qildi. To‘qimachilik, elektrotexnika, avtokomponentlar, farmatsevtika, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260908/uzbekistan-serbia-sheriklik-60303336.html
o‘zbekiston
serbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/09/60306823_141:0:1829:1266_1920x0_80_0_0_4792ee42e51d6aa8970ad7dd77ddc382.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich, hamkorlik, aes, o‘zbekiston, serbiya, siyosat
shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich, hamkorlik, aes, o‘zbekiston, serbiya, siyosat
AES, raketalar va nol bojlar: Belgradda nimalar aytildi
09:21 09.09.2026 (yangilandi: 10:01 09.09.2026) Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich forumda mudofaa sanoati, AES va aviaqatnov bo‘yicha qator yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Serbiya O‘zbekiston bilan mudofaa sanoatida, jumladan, uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgraddagi O‘zbekiston–Serbiya biznes-forumida
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya bir yil ichida uzoq masofali ballistik raketalar ishlab chiqarishni boshlaydi. Vuchich bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan ham hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Serbiya rahbari O‘zbekistonning atom energetikasi rejalari haqida ham yangi tafsilotlarni aytdi. U prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatiga tayanib, O‘zbekiston bir AESni Rossiya bilan, yana birini esa Xitoy bilan amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq O‘zbekistonda ikkinchi AES loyihasiga tayyorgarlik boshlangani aytilgan, ammo hamkor davlat ochiqlanmagan edi.
Shuningdek, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Serbiya barcha tovarlar uchun paritet asosida nol stavkalarni nazarda tutuvchi erkin savdo bitimi ustida ish boshlagan.
Vuchich Belgrad–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov 7–8 oy ichida yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini aytdi. Mirziyoyev esa Belgradda O‘zbekistonning maxsus diplomatik vakolatxonasi ochilishini, diplomatlar kelgusi haftayoq yuborilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi rejasini qabul qildi. To‘qimachilik, elektrotexnika, avtokomponentlar, farmatsevtika, dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.