https://oz.sputniknews.uz/20260908/uzbekistan-serbia-erkin-savdo-bitim-60283302.html
O‘zbekiston va Serbiya erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston va Serbiya erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Belgradda O‘zbekiston–Serbiya hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tdi. Tomonlar erkin savdo, sanoat kooperatsiyasi va O‘zbekistonda zamonaviy ko‘chat pitomnigi tashkil etish masalalarini kelishib oldi.
2026-09-08T09:21+0500
2026-09-08T09:21+0500
2026-09-08T10:05+0500
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
savdo
iqtisod
o‘zbekiston
serbiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60283978_0:135:1448:950_1920x0_80_0_0_30ea7b0144a8d0284f496dddc541d834.png
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. 7-sentabr kuni Belgradda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Serbiya hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Serbiya xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vaziri Nenad Popovich hamraislik qildi.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.Farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, kritik minerallar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi. Belgradda qishloq xo‘jaligi sohasidagi qator aniq loyihalar ham muhokama qilindi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Serbiya kompaniyalari bilan zamonaviy ko‘chat yetishtirish va intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.Xususan, “Evro Kalem Trade Ltd” bilan Jizzax viloyatida zamonaviy pitomnik va intensiv bog‘lar tashkil etish, yuqori sifatli va sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Eksportbop olma navlari, jumladan, “Pink Lady”ni O‘zbekiston agroiqlim sharoitlariga moslashtirish va tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.Serbiyaning “KALEM VOĆ MILADINOVIĆ” kompaniyasi bilan esa zamonaviy ko‘chat pitomnigi tashkil etish, payvandlash texnologiyalarini joriy qilish va intensiv bog‘lar barpo etish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi. Shuningdek, 20–30 nafar talaba va soha mutaxassisini zamonaviy ko‘chat yetishtirish, payvandlash va intensiv bog‘dorchilik yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Serbiya kompaniyasi vakillarining sentabr–oktabr oylarida O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260905/shavkat-mirziyoev-rasmiy-tashrif-bilan-serbiyaga-boradi-60235203.html
o‘zbekiston
serbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/09/08/60283978_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_04d1b82c397dfb49c1132df9a5b52883.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, savdo, iqtisod, o‘zbekiston, serbiya
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, savdo, iqtisod, o‘zbekiston, serbiya
O‘zbekiston va Serbiya erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda
09:21 08.09.2026 (yangilandi: 10:05 08.09.2026) O‘zbekiston va Serbiya savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. 7 sentabr kuni Belgradda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Serbiya hukumatlararo komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Serbiya xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha vaziri Nenad Popovich hamraislik qildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga
ko‘ra, tomonlar savdo, investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
Farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, kritik minerallar, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Shuningdek, yuk tashishni soddalashtirish va temir yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha hamkorlik ko‘rib chiqildi. Komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Belgradda qishloq xo‘jaligi sohasidagi qator aniq loyihalar ham
muhokama qilindi. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Serbiya kompaniyalari bilan zamonaviy ko‘chat yetishtirish va intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Xususan, “Evro Kalem Trade Ltd” bilan Jizzax viloyatida zamonaviy pitomnik va intensiv bog‘lar tashkil etish, yuqori sifatli va sertifikatlangan ko‘chatlar yetishtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Eksportbop olma navlari, jumladan, “Pink Lady”ni O‘zbekiston agroiqlim sharoitlariga moslashtirish va tajriba maydonlarida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Serbiyaning “KALEM VOĆ MILADINOVIĆ” kompaniyasi bilan esa zamonaviy ko‘chat pitomnigi tashkil etish, payvandlash texnologiyalarini joriy qilish va intensiv bog‘lar barpo etish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.
Loyihani dastlab Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida boshlash taklif etilgan.
Shuningdek, 20–30 nafar talaba va soha mutaxassisini zamonaviy ko‘chat yetishtirish, payvandlash va intensiv bog‘dorchilik yo‘nalishlarida o‘qitish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Serbiya kompaniyasi vakillarining sentabr–oktabr oylarida O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilgan.