https://oz.sputniknews.uz/20260905/shavkat-mirziyoev-rasmiy-tashrif-bilan-serbiyaga-boradi-60235203.html
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga boradi
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga boradi
Sputnik O‘zbekiston
Tashrif doirasida muzokaralar va biznes-forum bo‘lib o‘tadi. 05.09.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-09-05T15:53+0500
2026-09-05T15:53+0500
2026-09-05T15:55+0500
o‘zbekiston
serbiya
shavkat mirziyoyev
aleksandr vuchich
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/17/42161651_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_14694e19b9303354e31eb5ef99fb025e.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.Eslatib o‘tamiz, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 2025-yilning oktabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif doirasida qator hujjatlar imzolangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251029/serbia-uzbekistan-deklaratsiya-hujjatlar-imzolanish-53050450.html
o‘zbekiston
serbiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/17/42161651_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_c8d6ffa86935eae36b557c5e79c0fae4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, serbiya, shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich, muzokaralar
o‘zbekiston, serbiya, shavkat mirziyoyev, aleksandr vuchich, muzokaralar
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga boradi
15:53 05.09.2026 (yangilandi: 15:55 05.09.2026) Tashrif doirasida muzokaralar va biznes-forum bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.
Bo‘lajak muloqotlar kun tartibidan O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.
Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli to‘plami qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 2025-yilning oktabr oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif doirasida qator hujjatlar imzolangan edi.