"Turonbank", "O‘zekspomarkaz" va bozorlar: O‘zbekistonda yirik davlat aktivlari sotiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishNatsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka "Innoprom. Sentralnaya Aziya" v Tashkente.
Natsionalniy vistavochniy kompleks UzEkspoTSentr, gde proxodit Mejdunarodnaya promishlennaya vistavka Innoprom. Sentralnaya Aziya v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qator bozorlar va boshqa yirik davlat aktivlari ommaviy savdolarga chiqariladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda "Turonbank"ning 98,9 foiz aksiyasi, "Humo Air"ning 100 foiz ulushi va boshqa yirik davlat aktivlari ommaviy savdolarga chiqariladi. Bu prezidentning 28-avgustdagi PF-177-son farmoni va uning ilovalarida nazarda tutilgan.
Xususiylashtiriladigan yirik aktivlar orasida:
"Turonbank" — 98,9%;
Xalq bankiga qarashli “Xalq Sug‘urta” AJ — 100%;
"Humo Air" — 100%;
“O‘zekspomarkaz” — 91,83%;
Xalqaro hamkorlik markazi — 79,27%;
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi — 90%;
“Ko‘prikqurilish” — 100%;
Andijon mexanika zavodi — 100%;
“Respublika dam olish maskani” — 100%;
“Oqtosh” pansionati — 100%;
“Inno texnopark” — 100%;
“Kommunal ta’minot markazi” — 100%;
“Nevrologiya” MChJ — 80%;
O‘ZBEK-TURK TEST MARKAZI — 51%;
V-GEN BIOPHARMA — 50%.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va boshqa hududlardagi yo‘llardan muntazam foydalanish va yo‘l ta’mirlash korxonalari ham xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilgan.
Ro‘yxatdan Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi dehqon bozorlari va savdo majmualari ham o‘rin olgan. Xususan, Yashil dehqon bozorining 68 foizi, Chust va To‘raqo‘rg‘on dehqon bozorlarining 51 foizi, Yangiqo‘rg‘on dehqon bozorining 51,42 foizi, Toyloq va Qibray dehqon bozorlarining 51 foizdan ulushi sotilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, xususiylashtirish dasturi doirasida jami 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushi, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Savdoga chiqariladigan aktivlarning umumiy qiymati 100 trln so‘m. Ularni sotishdan 2026-yil yakuniga qadar kamida 14 trln so‘m tushum olish kutilmoqda.
Farmon bilan xususiylashtirish shartlari ham yengillashtirildi. Xususan, aktiv sotib olishda avans 35 foizdan 15 foizga tushirildi, yirik bitimlarda esa to‘lovni foizsiz 5–7 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati belgilandi.
Kinoteatr Vatan v Tashkente vistavlen na auksion - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
O‘zbekistonda 100 trillion so‘mlik xususiylashtirish dasturi boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0