https://oz.sputniknews.uz/20260721/uzbekistan-xususiylashtirish-dastur-59177098.html
O‘zbekistonda 100 trillion so‘mlik xususiylashtirish dasturi boshlanadi
O‘zbekistonda 100 trillion so‘mlik xususiylashtirish dasturi boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Xususiylashtirish dasturiga 1,3 mingta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari kiritiladi. Qolgan mablag‘ni foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
2026-07-21T18:02+0500
2026-07-21T18:02+0500
2026-07-21T18:38+0500
shavkat mirziyoyev
hokimlar
tadbirkor
yer mulki
mol-mulk
investitsiya
auksion
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1441/01/14410133_0:94:1000:657_1920x0_80_0_0_caf0dd6985ad4fac0f868cd70b22b120.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda qiymati 100 trillion so‘m bo‘lgan yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Dastur doirasida 1,3 mingta ko‘chmas mulk obyekti, 8 ming gektar yer maydoni hamda 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi.Davlat aktivini sotib oladigan tadbirkorlar uchun dastlabki to‘lov miqdori 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan mablag‘ni foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi.Bundan tashqari, banklar balansida umumiy qiymati 9,3 trillion so‘m bo‘lgan 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turgani ma’lum qilindi.Mutasaddilarga har bir obyektning bank balansida qanchalik asosli saqlanayotganini tahlil qilish topshirildi. Xaridori bo‘la turib, sotuvi sun’iy ravishda cho‘zilayotgan mulklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.Prezident davlat aktivlarini savdoga chiqarishning o‘zi yetarli emasligini, hokimlar investorlarni jalb qilish va obyektlar negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260320/davlat-aktivlari-56405625.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1441/01/14410133_0:29:961:750_1920x0_80_0_0_d477d1a11a017329583f5334a249c567.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, hokimlar, tadbirkor, yer mulki, mol-mulk, investitsiya, auksion, iqtisod
shavkat mirziyoyev, hokimlar, tadbirkor, yer mulki, mol-mulk, investitsiya, auksion, iqtisod
O‘zbekistonda 100 trillion so‘mlik xususiylashtirish dasturi boshlanadi
18:02 21.07.2026 (yangilandi: 18:38 21.07.2026) Yangi dastur doirasida 100 trillion so‘mlik ko‘chmas mulk, yer maydonlari va davlat ulushlari savdoga chiqarilib, avans miqdori 15 foizga tushiriladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda qiymati 100 trillion so‘m bo‘lgan yangi xususiylashtirish dasturi boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
ma’lum qilindi.
Dastur doirasida 1,3 mingta ko‘chmas mulk obyekti, 8 ming gektar yer maydoni hamda 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi.
Davlat aktivini sotib oladigan tadbirkorlar uchun dastlabki to‘lov miqdori 30 foizdan 15 foizga kamaytiriladi. Qolgan mablag‘ni foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati ham beriladi.
Yig‘ilishda hozir qiymati 22 trillion so‘m bo‘lgan 3 mingta davlat obyekti auksionda turgani qayd etildi. Hokimliklarda ushbu mulklarni sotish bo‘yicha aniq tizim yo‘qligi tanqid qilindi.
Bundan tashqari, banklar balansida umumiy qiymati 9,3 trillion so‘m bo‘lgan 2 ming 411 ta mol-mulk sotilmay turgani ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga har bir obyektning bank balansida qanchalik asosli saqlanayotganini tahlil qilish topshirildi. Xaridori bo‘la turib, sotuvi sun’iy ravishda cho‘zilayotgan mulklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi belgilandi.
Prezident davlat aktivlarini savdoga chiqarishning o‘zi yetarli emasligini, hokimlar investorlarni jalb qilish va obyektlar negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi.