Qayta baholashda uy-joy qiymati qanday hisoblandi: Kadastr agentligi tafsilotlarni ochiqladi

© SputnikPress-konferensiya s uchastiyem rukovodstva Natsionalnogo sentra massovoy otsenki nedvijimosti
Press-konferensiya s uchastiyem rukovodstva Natsionalnogo sentra massovoy otsenki nedvijimosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2026
Obuna bo‘lish
Poytaxtda qariyb 600 mingta kvartiralarning ommaviy baholash asosidagi umumiy qiymati 426,7 trillion so‘m deb baholandi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Toshkent shahrida ko‘chmas mulkni ommaviy baholash jarayonida qariyb 100 mingta bozor ma’lumotlari, takliflar va riyeltorlik bitimlari, shuningdek, 85 mingdan ortiq notarial oldi-sotdi bitimlari o‘rganilgan.
Bu haqda Kadastr agentligining Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent shahrida qariyb 600 mingta kvartiralarning ommaviy baholash asosidagi umumiy qiymati 426,7 trillion so‘m, hovli-joylarniki esa 587 trillion so‘m deb baholandi. Bu amaldagi kadastr qiymatidan mos ravishda 7,4 va qariyb 15 barobar yuqori.
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori Muhiddin Xolmurodovning ta’kidlashicha, katta hajmdagi bozor ma’lumotlari va amalga oshirilgan bitimlarni tahlil qilish orqali ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymatiga yaqin hisoblangan qiymati aniqlangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy baholash natijasida aniqlangan qiymatni ko‘chmas mulkning ayni kungi bozordagi sotuv narxi bilan tenglashtirmaslik lozim.
Tizimning maqsadi muayan obyektning sotuv narxini belgilash emas, balki katta hajmdagi bozor ma’lumotlari asosida uning bozor qiymatiga yaqin qiymatini aniqlashdan iborat.
Mulkdorlar davreestr.uz va my.gov.uz platformalari orqali o‘z ko‘chmas mulk obyektining baholash natijasi bilan tanishishi, shuningdek, aniqlangan qiymat bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin.
Muhiddin Xolmurodovning ta’kidlashicha, ommaviy baholash natijalari hozircha mulkdorlar uchun hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Mnogoetajnie doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
Toshkentda ko‘chmas mulk obyektlari qayta baholandi
Yangiliklar lentasi
0