https://oz.sputniknews.uz/20260902/mirziyoev-aes-qurilish-topshiriq-60151865.html
Mirziyoyev AES qurilishida mahalliy korxonalar ishtirokini oshirishni topshirdi
Mirziyoyev AES qurilishida mahalliy korxonalar ishtirokini oshirishni topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxdagi integratsiyalashgan AES loyihasi 9,5 milliard dollarga baholandi. Qurilishga 7 ming mahalliy mutaxassis va kamida 100 ta qo‘shma korxona jalb qilinadi.
2026-09-02T18:23+0500
2026-09-02T18:23+0500
2026-09-02T18:34+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
atom energetikasi
qurilish
jizzax
jamiyat
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018475_0:3:1135:641_1920x0_80_0_0_644c6aeb6b34c48e30dba46e82cfe3b0.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.AES qurilishi 4-iyundan faol bosqichga o‘tgan. Bugungi kunga qadar reaktor binosi uchun kotlovan qazish ishlari to‘liq yakunlanib, 1 million kub metrdan ortiq tuproq olib chiqildi. Poydevor plitasining bir qismiga 916 kub metr beton quyildi.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy mahsulotlar ulushi 21 foiz yoki 1,9 milliard dollar bo‘lishi kutilgan edi. Davlat rahbari bu ko‘rsatkichni yetarli emas deb baholadi.Mutasaddilarga mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish, qurilish-montaj ishlarining 65 foizini milliy korxonalar orqali bajarish va 7 ming nafar mahalliy ishchi hamda mutaxassisni jalb etish vazifasi qo‘yildi.Shu maqsadda Forish tumanida 200 gektarlik qurilish materiallari sanoat zonasini tashkil etish taklif qilindi. Unda kamida 100 ta qo‘shma korxona joylashtirilib, texnologiyalar transferi asosida 15 ta yo‘nalishda mahsulot ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.Prezident taklifni ma’qullab, tegishli qaror loyihasini yil yakuniga qadar kiritishni topshirdi.Stansiya uchun operatorlar, muhandislar va radiatsiya xavfsizligi mutaxassislarini maqsadli tayyorlash ham davom ettiriladi. 2023-yildan buyon Rossiya milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialini 216 nafar talaba bitirgan. Ularning 83 nafari xorijiy oliygohlarda o‘qishni davom ettirmoqda, yana 100 nafar mutaxassis O‘zbekistondagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasida tayyorlanmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260830/aes-qurilish-tenderlar-60086039.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55018475_0:0:1009:756_1920x0_80_0_0_fb69c6835662140e1f1c25f8d34a81c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, qurilish, jizzax, jamiyat, aes
shavkat mirziyoyev, o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi, atom energetikasi, qurilish, jizzax, jamiyat, aes
Mirziyoyev AES qurilishida mahalliy korxonalar ishtirokini oshirishni topshirdi
18:23 02.09.2026 (yangilandi: 18:34 02.09.2026) Qurilish-montaj ishlarining 65 foizini milliy korxonalar orqali bajarish va loyihaga 7 ming mahalliy mutaxassisni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
AES qurilishi 4-iyundan faol bosqichga o‘tgan. Bugungi kunga qadar reaktor binosi uchun kotlovan qazish ishlari to‘liq yakunlanib, 1 million kub metrdan ortiq tuproq olib chiqildi. Poydevor plitasining bir qismiga 916 kub metr beton quyildi.
Loyihaning umumiy qiymati 9,5 milliard dollarni tashkil etadi. Qurilishda 3 mingga yaqin turdagi mahsulot va uskunadan foydalaniladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy mahsulotlar ulushi 21 foiz yoki 1,9 milliard dollar bo‘lishi kutilgan edi. Davlat rahbari bu ko‘rsatkichni yetarli emas deb baholadi.
Mutasaddilarga mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish, qurilish-montaj ishlarining 65 foizini milliy korxonalar orqali bajarish va 7 ming nafar mahalliy ishchi hamda mutaxassisni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda Forish tumanida 200 gektarlik qurilish materiallari sanoat zonasini tashkil etish taklif qilindi. Unda kamida 100 ta qo‘shma korxona joylashtirilib, texnologiyalar transferi asosida 15 ta yo‘nalishda mahsulot ishlab chiqarish mahalliylashtiriladi.
Prezident taklifni ma’qullab, tegishli qaror loyihasini yil yakuniga qadar kiritishni topshirdi.
Loyihani boshqarish va texnik nazoratni kuchaytirish maqsadida yetakchi xorijiy injiniring kompaniyalari ishtirokida qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilgan. Texnologik yechimlar mustaqil ekspertizadan o‘tkazilib, qariyb mingta sohaviy standart milliy tizimga moslashtiriladi.
Stansiya uchun operatorlar, muhandislar va radiatsiya xavfsizligi mutaxassislarini maqsadli tayyorlash ham davom ettiriladi. 2023-yildan buyon Rossiya milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent filialini 216 nafar talaba bitirgan. Ularning 83 nafari xorijiy oliygohlarda o‘qishni davom ettirmoqda, yana 100 nafar mutaxassis O‘zbekistondagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasida tayyorlanmoqda.