AES qurilishi jadallashmoqda: armatura, beton, kvartira ijarasi uchun tenderlar e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin dali start nachalu stroitelstva AES v Uzbekistane
Shavkat Mirziyoyev i Vladimir Putin dali start nachalu stroitelstva AES v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Obuna bo‘lish
“Atomstroyeksport” AES qurilishi uchun beton, armatura va uskunalar xaridi hamda o‘z xodimlariga 54 ta uy-joy ijarasi bo‘yicha tenderlar ochdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistondagi atom elektr stansiyasi qurilishi uchun zarur materiallar, uskunalar va xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha yangi tenderlar e’lon qilindi. Bu haqda “Atomstroyeksport”ning xaridlar portali ma’lumotlarida qayd etilgan.
Jumladan, kompaniya temir-beton konstruksiyalar uchun armatura prokati va qurilish armaturasi yetkazib beruvchilarni qidirmoqda. Armaturaning bir qismi AES qurilishida ishtirok etayotgan sho‘ba qurilish tashkiloti uchun xarid qilinadi.
Shuningdek, quvur va sex uchun metall prokati, beton qorishmalari, vizual hamda o‘lchov nazorati asboblari, maxsus kiyim, shaxsiy himoya vositalari va yana qator zarur mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha tenderlar e’lon qilingan.
Bundan tashqari, “Atomstroyeksport”ning O‘zbekistondagi Doimiy muassasasi xodimlarini vaqtincha joylashtirish uchun Jizzax viloyati Farish tumanida 54 ta turar joyni ijaraga olish bo‘yicha tender e’lon qilindi.
Ushbu xaridlar AES maydonchasidagi ishlar ko‘lami va jalb etilayotgan xodimlar soni ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida reaktor binosi asosini tayyorlash uchun qariyb 900 kub metr beton quyish ishlari boshlangan edi. 4-iyunda esa birinchi energoblok poydevoriga ilk beton quyilib, obyekt rasman qurilayotgan atom inshooti maqomini oldi.
Stansiya tarkibida ikkita VVER-1000 va har biri 55 MVt quvvatga ega ikkita RITM-200N reaktori bo‘ladi.
Atomniy gorod, novie spetsialnosti i stajirovki: kak Uzbekistan gotovitsya k zapusku AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Matbuot markazi
Atom shaharlari va yangi mutaxassisliklar: AES ishga tushishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Yangiliklar lentasi
0