https://oz.sputniknews.uz/20260421/aes-qurilish-loyiha-kolam-57037251.html
Jizzaxdagi AES qurilishida 25 minggacha odam ishlaydi — Innopromda loyiha ko‘lami aytildi
Jizzaxdagi AES qurilishida 25 minggacha odam ishlaydi — Innopromda loyiha ko‘lami aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Innopromda Jizzax AESi qurilishi turli bosqichlarda 12 mingdan 25 minggacha ish o‘rni yaratishi, ikki turdagi shaharcha barpo etilishi va loyiha infratuzilma hamda sanoatga turtki berishi aytildi.
2026-04-21T16:10+0500
2026-04-21T16:10+0500
2026-04-21T16:32+0500
innoprom. markaziy osiyo – 2026
aes
o‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishi
o‘zbekiston
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57037022_0:365:2560:1805_1920x0_80_0_0_02427ad803dc735e8dd4b5060d3be2ce.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Jizzax viloyatida qurilayotgan AESda turli bosqichlarda 12 mingdan 25 minggacha odam ishlashi kutilmoqda. Bu haqda Innoprom doirasidagi "O‘zbekistondagi AES loyihasi: ko‘lami va sanoat uchun imkoniyatlar oynasi" sessiyasida “Atomstroyeksport” vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida ikki turdagi shaharcha barpo etiladi. Biri — qurilish maydoni yaqinidagi vaxta shaharchasi, ikkinchisi esa muhandis-texnik xodimlar va ularning oilalari uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh shahardir. Ikkinchi shaharcha 5–7 ming kishiga mo‘ljallangan. Ushbu shaharchaning bosh rejasi ishlab chiqilgan.Jizzax AESi qurilishi direksiyasi qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Otabek Amanovning aytishicha, loyiha infratuzilmani rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga ham xizmat qiladi.Shuningdek, u Jizzax viloyati hokimligi atomchilar shaharchasi, kommunikatsiyalar, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini ajratishda faol yordam berayotganini qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260324/aes-beton-ishlar-boshlanish-56475332.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57037022_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_84522c983a2ce214a5727b74b5d510a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jizzax aesi, aes qurilishi, innoprom, pavel bezrukov, otabek amanov, inter engineering, atomchilar shaharchasi, vaxta shaharchasi, yo‘ldosh shahar, o‘zbekiston energetikasi, infratuzilma, ish o‘rinlari
jizzax aesi, aes qurilishi, innoprom, pavel bezrukov, otabek amanov, inter engineering, atomchilar shaharchasi, vaxta shaharchasi, yo‘ldosh shahar, o‘zbekiston energetikasi, infratuzilma, ish o‘rinlari
Jizzaxdagi AES qurilishida 25 minggacha odam ishlaydi — Innopromda loyiha ko‘lami aytildi
16:10 21.04.2026 (yangilandi: 16:32 21.04.2026) Jizzax viloyatida qurilayotgan AESda turli bosqichlarda 12 mingdan 25 minggacha kishi ishlashi kutilmoqda, loyiha doirasida esa ikki turdagi shaharcha barpo etiladi
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Jizzax viloyatida qurilayotgan AESda turli bosqichlarda 12 mingdan 25 minggacha odam ishlashi kutilmoqda.
Bu haqda Innoprom doirasidagi "O‘zbekistondagi AES loyihasi: ko‘lami va sanoat uchun imkoniyatlar oynasi" sessiyasida “Atomstroyeksport” vitse-prezidenti, O‘zbekistonda AES qurish loyihasi direktori Pavel Bezrukov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bezrukovning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida ikki turdagi shaharcha barpo etiladi. Biri — qurilish maydoni yaqinidagi vaxta shaharchasi, ikkinchisi esa muhandis-texnik xodimlar va ularning oilalari uchun mo‘ljallangan yo‘ldosh shahardir. Ikkinchi shaharcha 5–7 ming kishiga mo‘ljallangan. Ushbu shaharchaning bosh rejasi ishlab chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, AES qurilishi O‘zbekiston uchun nafaqat energetika, balki qurilish sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, metall prokati savdosi va boshqa turdosh tarmoqlar rivoji uchun ham muhim turtki bo‘ladi.
Jizzax AESi qurilishi direksiyasi qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Otabek Amanovning aytishicha, loyiha infratuzilmani rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, u Jizzax viloyati hokimligi atomchilar shaharchasi, kommunikatsiyalar, temir yo‘l va elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur yer uchastkalarini ajratishda faol yordam berayotganini qayd etdi.