https://oz.sputniknews.uz/20260831/modi-tashrif-tafsilotlar-60089251.html
Uran, mudofaa sanoati va UzQR to‘lovlari — Modi tashrifining qo‘shimcha tafsilotlari
Uran, mudofaa sanoati va UzQR to‘lovlari — Modi tashrifining qo‘shimcha tafsilotlari
Sputnik O‘zbekiston
Hindistonning rasmiy manbalari Modi tashrifi yakunlari bo‘yicha mudofaa sanoatida qo‘shma ishlab chiqarish, UZQR orqali UPI to‘lovlari, Orolbo‘yiga grant, savdo to‘siqlari va boshqa kelishuvlarga oid tafsilotlarni keltirdi.
2026-08-31T10:02+0500
2026-08-31T10:02+0500
2026-08-31T10:06+0500
narendra modi
uran
hamkorlik
tashrif
o‘zbekiston
hindiston
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60088674_0:214:2048:1366_1920x0_80_0_0_0275e0d8945f15041f68b79fd0bd6e1e.jpg
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Hindiston tomoni bosh vazir Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator qo‘shimcha tafsilotlarni e’lon qildi.Hindiston bosh vaziri saytida tashrif natijalari imzolangan memorandum va bitimlar hamda alohida e’lonlarga ajratilgan.Tashrif natijalari ro‘yxatida to‘lov tizimlariga oid tijoriy kelishuv ham bor. "NPCI International Payments Limited" va O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazi o‘rtasidagi kelishuv Hindistonning UPI ilovalariga O‘zbekistonda UZQR milliy QR-kodini skanerlab to‘lov qilish imkonini berishi kerak.Hindiston Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish va ekologik reabilitatsiya qilish uchun 1 mln dollar grant ajratishini ham ma’lum qildi. Loyiha texnik ko‘makni ham qamrab oladi.Tomonlar notarif to‘siqlar va investitsiyaviy g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga, shuningdek, O‘zbekiston — Hindiston preferensial savdo bitimi bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.Bundan tashqari, O‘zbekistonda hind tilini o‘rganish uchun Lal Bahodur Shastri nomidagi 100 ta stipendiya ajratilishi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ICCR sanskrit kafedrasi tashkil etilishi e’lon qilindi."DD News" muzokaralar yakunlarini yoritar ekan, ikki mamlakat mudofaa sanoati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish va qo‘shma ishlanmalarga alohida e’tibor qaratdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260830/uzbekistan-india-hujjat-imzolash-60080263.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60088674_0:22:2048:1558_1920x0_80_0_0_39a84d6baa89db0f4c6e97ddf017e625.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narendra modi , uran, hamkorlik, tashrif, o‘zbekiston, hindiston, siyosat
narendra modi , uran, hamkorlik, tashrif, o‘zbekiston, hindiston, siyosat
Uran, mudofaa sanoati va UzQR to‘lovlari — Modi tashrifining qo‘shimcha tafsilotlari
10:02 31.08.2026 (yangilandi: 10:06 31.08.2026) Hindiston Modi tashrifi yakunlari bo‘yicha mudofaa sanoati, UZQR, Orolbo‘yi va boshqa sohalarga oid tafsilotlarni e’lon qildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Hindiston tomoni bosh vazir Narendra Modining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha qator qo‘shimcha tafsilotlarni
e’lon qildi.
Hindiston bosh vaziri saytida tashrif natijalari imzolangan memorandum va bitimlar hamda alohida e’lonlarga ajratilgan.
Xususan, Modi qo‘shma matbuot anjumanida kelgusida ikki mamlakat mudofaa sanoati korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar, qo‘shma ishlab chiqarish va qo‘shma ishlanmalar rag‘batlantirilishini bildirdi.
Tashrif natijalari ro‘yxatida to‘lov tizimlariga oid tijoriy
kelishuv ham bor. "NPCI International Payments Limited" va O‘zbekiston Milliy banklararo protsessing markazi o‘rtasidagi kelishuv Hindistonning UPI ilovalariga O‘zbekistonda UZQR milliy QR-kodini skanerlab to‘lov qilish imkonini berishi kerak.
Hindiston Orolbo‘yini ko‘kalamzorlashtirish va ekologik reabilitatsiya qilish uchun 1 mln dollar grant ajratishini ham ma’lum qildi. Loyiha texnik ko‘makni ham qamrab oladi.
Tomonlar notarif to‘siqlar va investitsiyaviy g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga, shuningdek, O‘zbekiston — Hindiston preferensial savdo bitimi bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda hind tilini o‘rganish uchun Lal Bahodur Shastri nomidagi 100 ta stipendiya ajratilishi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ICCR sanskrit kafedrasi tashkil etilishi e’lon qilindi.
Shuningdek, Modi O‘zbekistondan Hindistonga uranni uzoq muddatli yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni shakllantirishda erishilgan siljishni yuqori baholadi.
"
DD News" muzokaralar yakunlarini yoritar ekan, ikki mamlakat mudofaa sanoati o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish va qo‘shma ishlanmalarga alohida e’tibor qaratdi.