Tibbiyot, geologiya va turizm: O‘zbekiston va Hindiston 12 ta hujjat imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrinyat solidniy paket dokumentov, napravlennix na ukreplenie uzbeksko-indiyskogo partnerstva
Prinyat solidniy paket dokumentov, napravlennix na ukreplenie uzbeksko-indiyskogo partnerstva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Obuna bo‘lish
Hujjatlar tibbiyot, ta’lim, geologiya, turizm, arxeologiya, ekologiya, madaniyat va hududlararo hamkorlikni qamrab oldi.
TOShKENT, 30-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ishtirokida ikki tomonlama 12 ta hujjat qabul qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi. Shuningdek, tomonlar 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan madaniy almashinuvlar dasturini qabul qildi.
Tibbiyot sohasida Ayurveda va an’anaviy tibbiyotning boshqa yo‘nalishlarida hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ham alohida bitimlar qabul qilindi.
Hindiston va O‘zbekiston mutaxassislari Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa va Qoratepa yodgorliklarida birgalikda arxeologik tadqiqotlar o‘tkazadi. Bu borada tegishli bayonnoma imzolandi.
Hujjatlar to‘plamidan iqtisodiy va moliyaviy muloqot, geologiya va mineral resurslar hamda arxiv ishi sohalaridagi hamkorlik memorandumlari ham joy oldi.
Bundan tashqari, 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan turizm sohasidagi hamkorlik dasturi qabul qilindi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Hindistondagi Sushma Svaraj nomidagi Tashqi aloqalar instituti bilan hamkorlik o‘rnatadi.
Samarqand viloyati va Hindistonning Gujarat shtati o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida ham bitim imzolandi.
Shu kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Narendra Modiga O‘zbekistonning "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Peregovori Shavkata Mirziyoyeva i Premyer-ministra Respubliki Indiya Narendra Modi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2026
Savdoni 1,3 milliarddan 5 milliard dollargacha oshirish: Mirziyoyev va Modi nimalarga kelishdi
Yangiliklar lentasi
0