https://oz.sputniknews.uz/20260824/uzbekistan-valyuta-bozor-59927231.html
O‘zbekiston valyuta bozorida bosim kuzatilmayapti — Markaziy bank
O‘zbekiston valyuta bozorida bosim kuzatilmayapti — Markaziy bank
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2025-yildan suzuvchi valyuta kursi rejimiga o‘tdi, 2026-yilda buni XVJ ham e’tirof etdi. Markaziy bankka ko‘ra, o‘tgan yili so‘m dollarga nisbatan qariyb 7 foizga mustahkamlangan, valyuta bozorida bosim kuzatilmayapti.
2026-08-24T13:23+0500
2026-08-24T13:23+0500
2026-08-24T13:30+0500
markaziy bank
investor
inflyatsiya
investitsiya
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59926549_495:593:2560:1755_1920x0_80_0_0_4c66eb5226c6d4a24c7050e1486de89b.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yildan boshlab "suzuvchi" valyuta kursi rejimiga o‘tdi. 2026-yilda ushbu rejim Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan ham e’tirof etildi. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari, boshqaruv a’zosi Abror Mirzo Olimov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Olimovning so‘zlariga ko‘ra, suzuvchi kurs xalqaro investorlarga O‘zbekiston bozoridagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish saqlanib qolmoqda, inflyatsiya esa pasayib bormoqda. Yil yakunida uning 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.Markaziy bank raisi o‘rinbosari o‘tgan yili mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekiston milliy valyutasi AQSh dollariga nisbatan qariyb 7 foizga mustahkamlanganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260824/cbu-moliya-texnologiyalar-tashabbus-59923262.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59926549_613:460:2560:1920_1920x0_80_0_0_a4ad1e293cde807806469a05c8430a50.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, investor, inflyatsiya, investitsiya, iqtisod, o‘zbekiston
markaziy bank, investor, inflyatsiya, investitsiya, iqtisod, o‘zbekiston
O‘zbekiston valyuta bozorida bosim kuzatilmayapti — Markaziy bank
13:23 24.08.2026 (yangilandi: 13:30 24.08.2026) O‘zbekiston 2025-yildan "suzuvchi" valyuta kursi rejimiga o‘tdi. Markaziy bankka ko‘ra, kurs endi tashqi shoklarni yumshatishga xizmat qilmoqda.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yildan boshlab "suzuvchi" valyuta kursi rejimiga o‘tdi. 2026-yilda ushbu rejim Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan ham e’tirof etildi. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari, boshqaruv a’zosi Abror Mirzo Olimov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum" doirasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“Shunday qilib, endi bizning valyuta kursimiz tashqi shoklarning haqiqiy amortizatori rolini o‘ynaydi”, — dedi u.
Olimovning so‘zlariga ko‘ra, suzuvchi kurs xalqaro investorlarga O‘zbekiston bozoridagi o‘zgarishlarni to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Mamlakatda yuqori iqtisodiy o‘sish saqlanib qolmoqda, inflyatsiya esa pasayib bormoqda. Yil yakunida uning 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
“Umid qilamanki, kelgusi yilda biz inflyatsiyaning 5 foizini tashkil etuvchi maqsadimizga erishamiz. Shundan so‘ng inflyatsiyani maqsadimiz darajasida ushlab turishga harakat qilamiz”, — dedi u.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari o‘tgan yili mamlakat tarixida ilk bor O‘zbekiston milliy valyutasi AQSh dollariga nisbatan qariyb 7 foizga mustahkamlanganini ta’kidladi.
“Bu yil ham biz valyuta bozorimizga hech qanday bosim ko‘rmayapmiz, shuning uchun u ancha barqaror. Bu xalqaro va mahalliy investorlarga iqtisodiyotimizga sarmoya kiritish uchun ko‘proq ishonch beradi”, — deya qo‘shimcha qildi Olimov.