https://oz.sputniknews.uz/20260824/uzbekistan-iqtisodiyot-natijalar-rejalar-59922074.html
Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiyotining natijalari va kelgusi o‘n yillik rejalarini aytdi
Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiyotining natijalari va kelgusi o‘n yillik rejalarini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘n yilda uch barobar o‘sib, YaIM 180 mlrd dollarga yetganini aytdi. Mamlakat 2027-yilda inflyatsiyani 5 foizga tushirish va investitsiya reytingiga erishishni maqsad qilgan.
2026-08-24T11:37+0500
2026-08-24T11:37+0500
2026-08-24T11:43+0500
iqtisod
investitsiya
yaim
inflyatsiya
toshkent
forum
jamshid qo‘chqorov
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59921907_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_a80bdc3c377fa45a7bf800ecde33f73d.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda ilk “Silk Road Finance & Technology Forum” o‘z ishini boshladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Forum O‘zbekiston Markaziy banki hamda Singapur Valyuta boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan "Global Finance & Technology Network" notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.Tadbirda davlat organlari vakillari, moliyaviy regulyatorlar, investorlar hamda texnologik kompaniyalar asoschilari ishtirok etmoqda. Forum tadbirlari CAEx xalqaro ko‘rgazmalar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkaziladi.Forum doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat iqtisodiyoti so‘nggi o‘n yilda kuchli va barqaror o‘sishni namoyish etganini ma’lum qildi. Bu davrda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 6–7 foiz atrofida saqlangan.Vazirning aytishicha, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi uch barobar ko‘payib, yalpi ichki mahsulot qariyb 60 mlrd dollardan 180 mlrd dollarga yetgan.Uning ta’kidlashicha, 2026-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2027-yilda esa uni 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish rejalashtirilgan. Vazir bir necha yil avval inflyatsiya ikki xonali ko‘rsatkichda bo‘lganini eslatdi.Shuningdek, so‘nggi yillarda budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan past darajada saqlab kelinmoqda.Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotiga berilgan tashqi baholarning yaxshilanishi bilan birga kechdi. O‘zbekistonning suveren kredit reytinglari oshirildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi esa o‘sishda davom etmoqda.Vazir O‘zbekiston inflyatsiyani maqsadli darajaga tushirish, budjet intizomini ta’minlash hamda davlat qarzini oqilona va barqaror darajada saqlash uchun zarur choralarni ko‘rishini bildirdi.Hukumat kelgusi o‘n yillikda ham investorlar va bozor ishtirokchilari uchun qulay va oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan muhitni saqlashga intiladi.Uning fikricha, ushbu choralar xususiy sektor rolini kuchaytiradi, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtiradi hamda mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260814/ozbekiston-investitsiya-59704802.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59921907_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_c4f782c4a05ffe5fe84101d7213e2a09.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, investitsiya, yaim, inflyatsiya, toshkent, forum, jamshid qo‘chqorov, o‘zbekiston
iqtisod, investitsiya, yaim, inflyatsiya, toshkent, forum, jamshid qo‘chqorov, o‘zbekiston
Qo‘chqorov O‘zbekiston iqtisodiyotining natijalari va kelgusi o‘n yillik rejalarini aytdi
11:37 24.08.2026 (yangilandi: 11:43 24.08.2026) Toshkentda ilk “Silk Road Finance & Technology Forum” boshlandi. Jamshid Qo‘chqorov unda O‘zbekiston iqtisodiyoti natijalari va rejalarini ochiqladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkentda ilk “Silk Road Finance & Technology Forum” o‘z ishini boshladi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Forum O‘zbekiston Markaziy banki hamda Singapur Valyuta boshqarmasi tomonidan ta’sis etilgan "Global Finance & Technology Network" notijorat tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda davlat organlari vakillari, moliyaviy regulyatorlar, investorlar hamda texnologik kompaniyalar asoschilari ishtirok etmoqda. Forum tadbirlari CAEx xalqaro ko‘rgazmalar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkaziladi.
Forum doirasida so‘zga chiqqan O‘zbekiston iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat iqtisodiyoti so‘nggi o‘n yilda kuchli va barqaror o‘sishni namoyish etganini ma’lum qildi. Bu davrda yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 6–7 foiz atrofida saqlangan.
Vazirning aytishicha, so‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi uch barobar ko‘payib, yalpi ichki mahsulot qariyb 60 mlrd dollardan 180 mlrd dollarga yetgan.
“Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ham sezilarli darajada — taxminan 1900 dollardan 4600 dollargacha oshdi. Bu O‘zbekistonni daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga olib chiqdi”, — dedi Qo‘chqorov.
Uning ta’kidlashicha, 2026-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 6,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 2027-yilda esa uni 5 foizlik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish rejalashtirilgan. Vazir bir necha yil avval inflyatsiya ikki xonali ko‘rsatkichda bo‘lganini eslatdi.
“Biz iqtisodiyotimiz barqarorligini mustahkamlashda davom etib, tashqi davlat qarzini yalpi ichki mahsulotning qariyb 27 foizi darajasida saqlab qoldik”, — dedi u.
Shuningdek, so‘nggi yillarda budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan past darajada saqlab kelinmoqda.
Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar mamlakat iqtisodiyotiga berilgan tashqi baholarning yaxshilanishi bilan birga kechdi. O‘zbekistonning suveren kredit reytinglari oshirildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi esa o‘sishda davom etmoqda.
Vazir O‘zbekiston inflyatsiyani maqsadli darajaga tushirish, budjet intizomini ta’minlash hamda davlat qarzini oqilona va barqaror darajada saqlash uchun zarur choralarni ko‘rishini bildirdi.
Hukumat kelgusi o‘n yillikda ham investorlar va bozor ishtirokchilari uchun qulay va oldindan bashorat qilish mumkin bo‘lgan muhitni saqlashga intiladi.
“Biz investitsiya darajasidagi suveren kredit reytingiga erishish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va bozor islohotlarini davom ettirish ustida ishlaymiz”, — dedi Qo‘chqorov.
Uning fikricha, ushbu choralar xususiy sektor rolini kuchaytiradi, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini chuqurlashtiradi hamda mahalliy va xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.