O‘zbekistonga 2025-yilda 43 mlrd dollar investitsiya jalb qilindi

© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy o‘zgarish qilgan 5 ta davlatdan biri bo‘ldi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. 2025-yilda O‘zbekistonga 43 milliard dollar investitsiya jalb qilindi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan davlat mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan "Mustaqil O‘zbekiston – 35-yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Konferensiyada Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Qirg‘iziston parlamentlari a’zolari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, ekspertlar hamjamiyati hamda ilmiy doiralar vakillari ishtirok etmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugunga kelib mamlakat iqtisodiyoti hajmi 50 mlrd dollardan 147 mlrd dollarga oshdi va O‘zbekiston o‘rta daromadli davlatlar qatoridan o‘rin egallagan.
Mamlakatida oxirgi o‘n yilda qurilayotgan uy-joylarning yillik soni 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 mingta xonadonga yetdi. O‘zbekiston turistlar uchun ochiq mamlakatga aylandi.
Davlat xizmatlari, soliq, bank, to‘lovlar va boshqa sohalarda elektron xizmatlar ko‘lami kengaydi.

O‘zbekiston Oliy majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy himoya tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi uch yilda ijtimoiy xizmatlar soni 23 tadan 140 taga yetdi.
Kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholining daromadi oshirilib, kambag‘allik darajasi qariyb 35 foizdan 5,8 foizga tushirildi.
Ta’lim sohasidagi tizimli ishlar natijasida maktabgacha ta’lim bilan qamrov 27 foizdan 78 foizga, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9 foizdan 44 foizga yetdi.