https://oz.sputniknews.uz/20260813/kazan-samarkand-namangan-reyslar-59676769.html
Qozondan Samarqand va Namanganga yangi reyslar ochiladi — chiptalar narxi
Qozondan Samarqand va Namanganga yangi reyslar ochiladi — chiptalar narxi
Sputnik O‘zbekiston
"Nordwind" Samarqandga 26-avgustdan, Namanganga 5-sentabrdan parvoz qiladi. Sentabrda Toshkentdan Permga ham yangi reys ochiladi. 13.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-13T13:53+0500
2026-08-13T13:53+0500
2026-08-13T13:53+0500
aviaparvozlar
aviareys
jamiyat
samarqand
namangan
qozon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29025024_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_798f27618d6b72716606530ad274d9ef.jpg
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiyaning "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi Qozondan O‘zbekistonning yana ikki shahri — Samarqand va Namanganga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Qozon xalqaro aeroporti matbuot xizmati ma’lum qildi.Qozon — Samarqand reyslari 26-avgustdan boshlanadi va haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soat 5 daqiqani tashkil etadi.13 avgust holatiga "Nordwind" saytida 26-avgustdagi birinchi Qozon — Samarqand reysi uchun chiptalar 15 213 rubldan, ya’ni taxminan 2,2 mln so‘mdan taklif etilmoqda. Chipta narxi xarid vaqti va tarifga qarab o‘zgarishi mumkin.Qozon — Namangan yo‘nalishida parvozlar 5-sentabrdan boshlanadi. Reyslar haftasiga bir marta bajariladi, parvoz vaqti 3 soat 20 daqiqani tashkil etadi. Aviakompaniya saytida chiptalar 14 833 rubldan — taxminan 2,1 mln so‘mdan boshlanmoqda.O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasida yana bir yangi yo‘nalish sentabrda ochiladi. "Centrum Air" 7-sentabrdan Toshkent — Perm — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar har dushanba kuni amalga oshiriladi, chiptalar narxi 3,4 mln so‘mdan boshlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260316/centrum-air-tashkent-sochi-reyslar-56311164.html
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29025024_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_41be07499b4b27c7d4b4f3485cee7518.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aviaparvozlar, aviareys, jamiyat, samarqand, namangan, qozon
aviaparvozlar, aviareys, jamiyat, samarqand, namangan, qozon
Qozondan Samarqand va Namanganga yangi reyslar ochiladi — chiptalar narxi
"Nordwind" Samarqandga 26-avgustdan, Namanganga 5-sentabrdan parvoz qiladi. Sentabrda Toshkentdan Permga ham yangi reys ochiladi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Rossiyaning "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi Qozondan O‘zbekistonning yana ikki shahri — Samarqand va Namanganga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda Qozon xalqaro aeroporti matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Qozon — Samarqand reyslari 26-avgustdan boshlanadi va haftasiga bir marta amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soat 5 daqiqani tashkil etadi.
13 avgust holatiga "Nordwind" saytida 26-avgustdagi birinchi Qozon — Samarqand reysi uchun chiptalar 15 213 rubldan, ya’ni taxminan 2,2 mln so‘mdan
taklif etilmoqda. Chipta narxi xarid vaqti va tarifga qarab o‘zgarishi mumkin.
Qozon — Namangan yo‘nalishida parvozlar 5-sentabrdan boshlanadi. Reyslar haftasiga bir marta bajariladi, parvoz vaqti 3 soat 20 daqiqani tashkil etadi.
Aviakompaniya saytida chiptalar 14 833 rubldan — taxminan 2,1 mln so‘mdan boshlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, Samarqand va Namanganga Moskva hamda Sankt-Peterburgdan Qozonda bir marta almashib o‘tish orqali ham uchish mumkin bo‘ladi. "Nordwind" iyulda Qozondan Toshkentga muntazam reyslarni ham yo‘lga qo‘ygan edi.
O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasida yana bir yangi yo‘nalish sentabrda ochiladi. "Centrum Air" 7-sentabrdan Toshkent — Perm — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar har dushanba kuni amalga oshiriladi, chiptalar narxi 3,4 mln so‘mdan boshlanadi.