https://oz.sputniknews.uz/20260811/russia-tiv-elchixona-hamdardlik-59627008.html
Nijnekamskdagi hujum: Rossiya TIV va elchixonasi hamdardlik bildirdi
Nijnekamskdagi hujum: Rossiya TIV va elchixonasi hamdardlik bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Nijnekamskda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Rossiya TIV dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini ma’lum qildi.
2026-08-11T17:18+0500
2026-08-11T17:18+0500
2026-08-11T17:18+0500
o‘zbekiston
tatariston
elchixona
mariya zaxarova
rossiya tiv
hamdardlik
ukraina
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/53/67/536765_0:166:3054:1884_1920x0_80_0_0_2b13b5bcb233947a570b14c519790595.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Nijnekamskdagi hujum oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.Diplomatik vakolatxona voqeani Kiyev rejimi tomonidan fuqarolik obyektlariga amalga oshirilgan terrorchilik akti deb atadi.Elchixona Kiyev rejimining do‘st davlatlar fuqarolari yashaydigan va ishlaydigan joylarga maqsadli zarbalari xalqlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va qardoshlik munosabatlariga putur yetkazishga qaratilganini ta’kidladi. Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketish tilagi bildirildi.Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Nijnekamskdagi fojiaga munosabat bildirdi.Uning ma’lum qilishicha, 10-avgust kuni Ukraina dronlari hujumi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida 8 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi bor. Yana 20 nafarga yaqin xorijlik jarohatlangan.U halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi. Rossiya TIV rasmiy vakili xalqaro hamjamiyatni sodir bo‘lgan hujumni qoralashga chaqirdi.Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Nijnekamskdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Rossiyaga maxsus ishchi guruh yuborildi. Halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/tatarstan-rahbar-mirziyoev-hamdardlik-59615361.html
o‘zbekiston
tatariston
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/53/67/536765_162:0:2893:2048_1920x0_80_0_0_50d335aa184a1d74ef3360648bf9b58b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, tatariston, elchixona, mariya zaxarova, rossiya tiv, hamdardlik, ukraina, siyosat
o‘zbekiston, tatariston, elchixona, mariya zaxarova, rossiya tiv, hamdardlik, ukraina, siyosat
Nijnekamskdagi hujum: Rossiya TIV va elchixonasi hamdardlik bildirdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Tataristonda Ukraina hujumi oqibatida 13 kishi, jumladan, 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Nijnekamskdagi hujum oqibatida halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga
hamdardlik bildirdi.
Diplomatik vakolatxona voqeani Kiyev rejimi tomonidan fuqarolik obyektlariga amalga oshirilgan terrorchilik akti deb atadi.
"Ushbu og‘ir damda yaqinlarini yo‘qotgan oilalarning dardi va qayg‘usiga sherikmiz", — deyiladi xabarda.
Elchixona Kiyev rejimining do‘st davlatlar fuqarolari yashaydigan va ishlaydigan joylarga maqsadli zarbalari xalqlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va qardoshlik munosabatlariga putur yetkazishga qaratilganini ta’kidladi. Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketish tilagi bildirildi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham Nijnekamskdagi fojiaga
munosabat bildirdi.Uning ma’lum qilishicha, 10-avgust kuni Ukraina dronlari hujumi oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida 8 nafar O‘zbekiston va 1 nafar Tojikiston fuqarosi bor. Yana 20 nafarga yaqin xorijlik jarohatlangan.
Zaxarova hujumda nafaqat rossiyalik tinch aholi, balki boshqa davlatlar fuqarolari ham jabr ko‘rganini ta’kidladi.
U halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.
Rossiya TIV rasmiy vakili xalqaro hamjamiyatni sodir bo‘lgan hujumni qoralashga chaqirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Nijnekamskdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Rossiyaga maxsus ishchi guruh yuborildi. Halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.