https://oz.sputniknews.uz/20260811/tatarstan-rahbar-mirziyoev-hamdardlik-59615361.html
Tatariston rahbari Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlar holidan xabar oldi
Tatariston rahbari Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlar holidan xabar oldi
Sputnik O‘zbekiston
Nijnekamskdagi dron hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi. Rustam Minnixanov Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlarni ko‘rdi.
2026-08-11T09:51+0500
2026-08-11T09:51+0500
2026-08-11T10:03+0500
rustam minnixanov
tatariston
dron
uchuvchisiz qurilma
shavkat mirziyoyev
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59615180_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_834091dd90c4418ae75fd6ec4d439bd1.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U halok bo‘lganlar oilalari va jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.Minnixanov Nijnekamsk markaziy tuman shifoxonasiga ham bordi. U yerda bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli haqida shifokorlardan ma’lumot oldi. Tatariston rahbariga O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli Nodirjon Qosimov hamrohlik qildi. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi va Rossiyaga maxsus ishchi guruh yuborildi. Halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.Tatariston hukumati halok bo‘lganlarning oilalariga har bir marhum uchun 2 mln rubl (tahminan 290 mln so‘m), jarohatlanganlarga esa jarohat og‘irligiga qarab 300–600 ming rubl (43–87 mln so‘m atrofida) bir martalik yordam ajratadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260810/tatarstan-dron-hujum-59606311.html
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59615180_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_96ef8b2f7ac8415a0626e6627286d3ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rustam minnixanov, tatariston, dron, uchuvchisiz qurilma, shavkat mirziyoyev, jamiyat
rustam minnixanov, tatariston, dron, uchuvchisiz qurilma, shavkat mirziyoyev, jamiyat
Tatariston rahbari Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlar holidan xabar oldi
09:51 11.08.2026 (yangilandi: 10:03 11.08.2026) Tatariston rahbari Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi va O‘zbekiston bosh konsuli bilan birga Nijnekamskdagi shifoxonada dron hujumida jabrlanganlar holidan xabar oldi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Nijnekamskdagi dron hujumi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U halok bo‘lganlar oilalari va jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishini
ma’lum qildi.
Minnixanov Nijnekamsk markaziy tuman shifoxonasiga ham bordi. U yerda bemorlar bilan suhbatlashib, ularning ahvoli haqida shifokorlardan ma’lumot oldi. Tatariston rahbariga O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli Nodirjon Qosimov hamrohlik qildi.
O‘zbekiston FVVning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida Nijnekamskda quruvchi bo‘lib ishlagan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi va Rossiyaga maxsus ishchi guruh yuborildi. Halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelish va ularning oilalariga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Tatariston hukumati halok bo‘lganlarning oilalariga har bir marhum uchun 2 mln rubl (tahminan 290 mln so‘m), jarohatlanganlarga esa jarohat og‘irligiga qarab 300–600 ming rubl (43–87 mln so‘m atrofida) bir martalik yordam ajratadi.