Rossiya va Suriya Tartus va Xmeymim kelajagi bo‘yicha kelishib oldi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishRossiyskaya aviabaza Xmeymim v Sirii. Arxivnoe foto
Rossiyskaya aviabaza Xmeymim v Sirii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
Moskva va Damashq 1,5 yillik muzokaralardan so‘ng Rossiyaning Suriyadagi harbiy obyektlari kelajagi bo‘yicha kelishdi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya va Suriya 1,5 yillik muzokaralardan so‘ng Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy obyektlarining kelajagi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Suriya TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar imzolagan memorandumga ko‘ra, Rossiyaning Suriya sohilidagi ishtiroki qayta tashkil etiladi.
Nimalar o‘zgaradi:
— Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy bazalari qo‘shma tayyorgarlik va o‘quv markazlariga aylantiriladi;
— Xmeymim aeroportining fuqarolik qismi Suriya boshqaruviga o‘tadi;
— aeroportda texnik va ekspluatatsion baholash boshlangan, keyin uni rekonstruksiya qilish va fuqarolik aviaqatnovlarini tiklash rejalashtirilmoqda;
— Tartus portidagi to‘rtinchi tijorat prichali ham Suriya boshqaruviga o‘tadi;
— fuqarolik obyektlari bosqichma-bosqich Suriyaning milliy boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
— o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddat berilgan. Shundan so‘ng yangi kelishuvlar kuchga kiradi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya rahbariyati Moskva harbiy ishtirokining saqlanishidan manfaatdor ekanini, uni mintaqada boshqa o‘yinchilar ta’sirini muvozanatlashtiruvchi omil deb hisoblashini aytgan edi.
Shuningdek, u obyektlardan Afrika davlatlariga gumanitar yordam yetkazish uchun tranzit nuqtasi sifatida foydalanish imkoniyatini ham tilga olgan.
Xmeymim 2015-yildan Rossiya aviatsiya guruhining Suriyadagi asosiy tayanch nuqtasi bo‘lib kelgan. Tartusda esa Rossiya Harbiy-dengiz flotining O‘rta yer dengizidagi moddiy-texnik ta’minot punkti joylashgan.
Vstrecha prezidenta Vladimira Putina i prezidenta Sirii Axmeda ash-Sharaa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Putin Kremlda Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0