https://oz.sputniknews.uz/20251015/putin-kremlda-suriya-prezidenti-ahmad-al-sharani-qabul-qildi-52721142.html
Putin Kremlda Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi
Putin Kremlda Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Suriya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni uzoq tarixga ega bo‘lgan jiddiy hamkorlik deb baholashdi. 15.10.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-10-15T17:14+0500
2025-10-15T17:14+0500
2025-10-15T17:18+0500
rossiya
suriya
vladimir putin
kreml
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52721348_0:282:3139:2047_1920x0_80_0_0_f4b55e7b8dfb9cb0ed24913b96c278a6.jpg
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi. Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilindi.Putinning ta’kidlashicha, Rossiya va Suriya orasida o‘nlab yillar davomida alohida munosabatlar rivojlanib kelgan va bu munosabatlar har doim o‘ta do‘stona bo‘lgan. Putin, shuningdek, Suriyada parlament saylovlarini katta muvaffaqiyat deb atadi."Bu jamiyatning birlashishiga olib keladi. Suriya ayni paytda og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, bu barcha siyosiy kuchlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi", dedi Rossiya prezidenti. Bu Al-Sharaning Rossiyaga birinchi tashrifi. Bir kun avval Suriya rahbari SBS telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Moskva va Pekin bilan strategik manfaatlardan kelib chiqqan holda tinch munosabatlar o‘rnatayotganini aytgandi. U sheriklari Damashqqa ijobiy signallar yuborganini baholadi. Rossiya va Xitoy bilan aloqalar G‘arb yoki AQSh bilan aloqalarga zid emas, deya qo‘shimcha qildi u.Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Suriyada hokimiyat almashgan edi. Noyabr oyi oxirida qurolli muxolifat guruhlari armiya pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi, ikkinchi yirik shahar Halabni egallab oldi va dekabrda Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Assad iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Yanvar oyi oxirida Ahmad al-Shara o‘tish davri uchun davlat rahbari deb e’lon qilindi. Uning Putin bilan uchrashuvi ikki tomon o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi ilk yuzma-yuz muloqot bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52721348_198:0:2927:2047_1920x0_80_0_0_3f82e8006f5ba9efcd4c14122da79fa1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, suriya, vladimir putin, kreml, muzokaralar
rossiya, suriya, vladimir putin, kreml, muzokaralar
Putin Kremlda Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi
17:14 15.10.2025 (yangilandi: 17:18 15.10.2025) Rossiya va Suriya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarni uzoq tarixga ega bo‘lgan jiddiy hamkorlik deb baholashdi.
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Ahmad al-Sharani qabul qildi. Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilindi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya va Suriya orasida o‘nlab yillar davomida alohida munosabatlar rivojlanib kelgan va bu munosabatlar har doim o‘ta do‘stona bo‘lgan.
"Biz 80-yildan ortiq diplomatik aloqalarni davom ettirdik va ular Rossiya uchun, Sovet Ittifoqi uchun eng og‘ir paytlarda, 1944-yilda o‘rnatilgan", dedi Putin. Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Moskva Damashq bilan munosabatlarida doimo Suriya xalqi manfaatlarini hisobga olgan.
Putin, shuningdek, Suriyada parlament saylovlarini katta muvaffaqiyat deb atadi.
"Bu jamiyatning birlashishiga olib keladi. Suriya ayni paytda og‘ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, bu barcha siyosiy kuchlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi", dedi Rossiya prezidenti.
O‘z navbatida, al-Shara Suriya Rossiya bilan munosabatlarini yangilashga intilib, mamlakat va mintaqadagi barqarorlikka e’tibor qaratishini ma’lum qildi. U ikki davlatni muhim hamkorlik ko‘priklari, jumladan, moddiy hamkorlik bog‘lab turishini ta’kidladi.
Bu Al-Sharaning Rossiyaga birinchi tashrifi. Bir kun avval Suriya rahbari SBS telekanaliga bergan intervyusida mamlakat Moskva va Pekin bilan strategik manfaatlardan kelib chiqqan holda tinch munosabatlar o‘rnatayotganini aytgandi. U sheriklari Damashqqa ijobiy signallar yuborganini baholadi. Rossiya va Xitoy bilan aloqalar G‘arb yoki AQSh bilan aloqalarga zid emas, deya qo‘shimcha qildi u.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Suriyada hokimiyat almashgan edi. Noyabr oyi oxirida qurolli muxolifat guruhlari armiya pozitsiyalariga qarshi hujum boshladi, ikkinchi yirik shahar Halabni egallab oldi va dekabrda Damashqqa kirdi. Prezident Bashar Assad iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi. Yanvar oyi oxirida Ahmad al-Shara o‘tish davri uchun davlat rahbari deb e’lon qilindi. Uning Putin bilan uchrashuvi ikki tomon o‘rtasidagi eng yuqori darajadagi ilk yuzma-yuz muloqot bo‘ldi.