https://oz.sputniknews.uz/20260629/tashkent-elektr-taminot-tiklanish-58655789.html
Toshkentda “Yuksak” podstansiyasidagi avariyadan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
Toshkentda “Yuksak” podstansiyasidagi avariyadan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahridagi “Yuksak” podstansiyasida 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga keldi. Avariya oqibatida poytaxt va Zangiotada 55 ming iste’molchi elektrsiz qolgan, ta’minot to‘liq tiklangan.
2026-06-29T09:32+0500
2026-06-29T09:32+0500
2026-06-29T10:12+0500
elektr energiyasi
energetika
jamiyat
mirobod tumani
chilonzor tumani
yakkasaroy tumani
zangiota tumani
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58655394_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_3a40dba02583de1f3bdd643ec1c01727.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Uzilish 28-iyun kuni soat 20:45 da poytaxtdagi “Yuksak” podstansiyasida yuzaga kelgan avariyaviy holat oqibatida sodir bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, podstansiyadagi 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida “Toshkent IEM”dagi 2 ta gaz turbina qurilmasi jami 60 MVt quvvat bilan o‘chgan.Energetiklar tomonidan olib borilgan tezkor avariya-tiklash ishlari natijasida iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa qayta ulangan.Xususan, 28-iyun kuni soat 21:50 da Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi 90 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.29 iyun kuni soat 00:08 da Mirobod tumanidagi 50 MVt yuklamadagi iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Oradan bir daqiqa o‘tib, 00:09 da Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridagi yana 8 MVt yuklama tarmoqqa ulangan.Soat 00:25 da esa Chilonzor tumani hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.
https://oz.sputniknews.uz/20251216/issiqlik-elektr-yangi-stantsiya-54209829.html
mirobod tumani
chilonzor tumani
yakkasaroy tumani
zangiota tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1d/58655394_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_6e39ca1138ae94991d8fd70cd6bc7d8d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr energiyasi, energetika, jamiyat, mirobod tumani, chilonzor tumani, yakkasaroy tumani, zangiota tumani, toshkent
elektr energiyasi, energetika, jamiyat, mirobod tumani, chilonzor tumani, yakkasaroy tumani, zangiota tumani, toshkent
Toshkentda “Yuksak” podstansiyasidagi avariyadan so‘ng elektr ta’minoti to‘liq tiklandi
09:32 29.06.2026 (yangilandi: 10:12 29.06.2026) Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Uzilish “Yuksak” podstansiyasidagi nosozlik sabab yuzaga kelgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklandi. Uzilish 28-iyun kuni soat 20:45 da poytaxtdagi “Yuksak” podstansiyasida yuzaga kelgan avariyaviy holat oqibatida sodir bo‘lgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, podstansiyadagi 110 kV tarmoqda texnik nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida “Toshkent IEM”dagi 2 ta gaz turbina qurilmasi jami 60 MVt quvvat bilan o‘chgan.
Avariya oqibatida Toshkent shahrining Yakkasaroy, Chilonzor, Mirobod va Uchtepa tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 mingta iste’molchi, shuningdek, ayrim kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr ta’minotisiz qolgan.
Energetiklar tomonidan olib borilgan tezkor avariya-tiklash ishlari natijasida iste’molchilar bosqichma-bosqich tarmoqqa qayta ulangan.
Xususan, 28-iyun kuni soat 21:50 da Yakkasaroy, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridagi 90 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.
29 iyun kuni soat 00:08 da Mirobod tumanidagi 50 MVt yuklamadagi iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Oradan bir daqiqa o‘tib, 00:09 da Yakkasaroy va Chilonzor tumanlaridagi yana 8 MVt yuklama tarmoqqa ulangan.
Soat 00:25 da esa Chilonzor tumani hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi 55 MVt yuklamadagi iste’molchilarning elektr ta’minoti tiklangan.