https://oz.sputniknews.uz/20251216/issiqlik-elektr-yangi-stantsiya-54209829.html
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, kogeneratsiya stansiyasi, 4-issiqlik markazi, davlat-xususiy sheriklik, CNTIC, Rolls-Royce, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, energiya tejamkorlik, gaz tejash, ekologik loyiha, infratuzilma, Toshkent issiqlik elektr stansiyasi
2025-12-16T16:30+0500
2025-12-16T16:30+0500
2025-12-16T16:30+0500
o‘zbekiston
toshkent
jamiyat
uy-joy kommunal xizmati
gaz
elektr energiyasi
issiqlik ta’minoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54208781_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_9c952bdefa3ab6675e1442218324f0e5.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, quvvati 100 MVt bo‘lgan kogeneratsiya stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Loyiha Xitoyning “CNTIC” kompaniyasi bilan hamkorlikda 3,5 gektar maydonda amalga oshirilib, uni moliyalashtirish uchun 65 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi. Inshootga Buyuk Britaniyaning “Rolls-Royce” kompaniyasiga tegishli 70 ta gaz-porshen uskunasi o‘rnatilgan.Natijada poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 1 846 ta obyekt, jumladan, 1 400 ta xonadon doimiy issiqlik bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi.Loyiha hisobiga issiqlik ishlab chiqarish xarajatlari 40–45 foizga kamayadi, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori qisqaradi va oqova suv chiqindilari yuzaga kelmaydi.Shu yerning o‘zida Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, issiqlik markazlarini rivojlantirish, Toshkent issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish va anomal sovuq sharoitida xizmatga jalb etiladigan kuch va vositalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi. Shuningdek, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250818/issiqliq-tarif-oshish-tushuntirish-51316798.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/10/54208781_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_fca9955af530ef6af4d3ca9298c718f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident shavkat mirziyoyev toshkent shahri yunusobod tumanida 100 mvt quvvatga ega kogeneratsiya stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. loyiha energiya va gaz sarfini kamaytiradi.
prezident shavkat mirziyoyev toshkent shahri yunusobod tumanida 100 mvt quvvatga ega kogeneratsiya stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. loyiha energiya va gaz sarfini kamaytiradi.
Toshkentda yirik issiqlik ta’minoti markazi ishga tushirildi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda barpo etilgan 100 MVtli kogeneratsiya, ya’ni bir vaqtning o‘zida elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqaradigan stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan, quvvati 100 MVt bo‘lgan kogeneratsiya stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Loyiha Xitoyning “CNTIC” kompaniyasi bilan hamkorlikda 3,5 gektar maydonda amalga oshirilib, uni moliyalashtirish uchun 65 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etildi. Inshootga Buyuk Britaniyaning “Rolls-Royce” kompaniyasiga tegishli 70 ta gaz-porshen uskunasi o‘rnatilgan.
Shuningdek, issiqlik ta’minoti infratuzilmasi rekonstruksiya qilinib, magistral tarmoqlar izolyatsiyali quvurlarga almashtirildi. Markaz ishga tushishi natijasida yiliga 876 mln kVt·soat elektr va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, 35 million kub metr tabiiy gaz tejaladi.
Natijada poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan 1 846 ta obyekt, jumladan, 1 400 ta xonadon doimiy issiqlik bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi.
Loyiha hisobiga issiqlik ishlab chiqarish xarajatlari 40–45 foizga kamayadi, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori qisqaradi va oqova suv chiqindilari yuzaga kelmaydi.
Shu yerning o‘zida Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, issiqlik markazlarini rivojlantirish, Toshkent issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish va anomal sovuq sharoitida xizmatga jalb etiladigan kuch va vositalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishdi. Shuningdek, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.