Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

1,5 mlrd aholiga ega bozor: YeOII Hindiston bilan erkin savdo bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishVizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Indiyu
Vizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Indiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar bo‘lajak kelishuv matni, bozorga kirish shartlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Moskva shahrida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) shtab-kvartirasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), unga a’zo davlatlar va Hindiston o‘rtasida erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar bo‘lajak kelishuv matni, bozorga kirish shartlari, shuningdek, savdodagi notarif choralar bo‘yicha qoidalarni muhokama qildi. Muzokaralar yakunida keyingi harakatlar jadvali bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Muzokara guruhlari bo‘lajak kelishuvning asosiy jihatlarini, jumladan, notarif chora-tadbirlar qoidalari va bir-birining bozoriga kirish bo‘yicha asosiy talablarni ko‘rib chiqdilar. Barcha tomonlarning konstruktiv yondashuvi muhim natijalarga erishishga qaratilganidan dalolat beradi”, — dedi YeIKning savdo vaziri Andrey Slepnyov.

Erkin savdo bitimi tuzilsa, YeOII davlatlari va Hindiston o‘rtasida tovar ayirboshlashni kengaytirish, eksportchilar uchun bozorga kirish shartlarini yengillashtirish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari oshishi mumkin.

Hindiston dunyodagi eng yirik va tez o‘sib borayotgan bozorlardan biri hisoblanadi. Mamlakat aholisi 1,5 milliardga yaqin, iqtisodiyot o‘sishi esa so‘nggi yillarda yirik iqtisodiyotlar orasida yuqori sur’atlarni saqlab qolmoqda. Hindistonda xizmatlar sektori, raqamli texnologiyalar, ishlab chiqarish, farmatsevtika, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya va infratuzilma yo‘nalishlari faol rivojlanmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Predsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev provol vstrechu s Premyer-ministrom Kambodji Xun Manetom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Kambodja hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0