Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Kambodja hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga kelishib oldi

© Press-slujba YeIKPredsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev provol vstrechu s Premyer-ministrom Kambodji Xun Manetom
Predsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev provol vstrechu s Premyer-ministrom Kambodji Xun Manetom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda o‘zaro savdoni oshirish, logistikani rivojlantirish, biznes-forumlar o‘tkazish va YeOII–ASEAN muloqoti doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Kambodja bosh vazirining o‘rinbosari Sun Chantol bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, tovar nomenklaturasini diversifikatsiya qilish, bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi talablarni yaqinlashtirish hamda logistika infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sagintayevning ta’kidlashicha, 2016-yilda hamkorlik memorandumi imzolanganidan buyon YeOII davlatlari va Kambodja o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 34 foizga oshgan. Shuningdek, 2025-yilda YeOII mamlakatlarining Kambodjaga eksporti 37,8 foizga ko‘paygan.
Tomonlar ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etib, YeOII mamlakatlari va Kambodjada biznes-forumlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish tarafdori ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikni, jumladan YeOII–ASEAN muloqoti doirasida yanada chuqurlashtirishga tayyorlik tasdiqlandi.
Simvolika YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya va Vyetnam YeOII va ASEAN o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0