O‘zbekiston Kongoga ham mag‘lub bo‘ldi va JCh-2026 bilan xayrlashdi

© REUTERS / Claudia GrecoSbornaya Uzbekistana na ChM-2026 ustupila DR Kongo so schetom 1:3
Sbornaya Uzbekistana na ChM-2026 ustupila DR Kongo so schetom 1:3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Kongo DRga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. JCh-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston milliy jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushdi. Atlantadagi uchrashuvda vakillarimiz hisobni birinchi bo‘lib ochganiga qaramay, yakunda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘yinning 10-daqiqasida Eldor Shomurodov O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limda Kannavaro shogirdlari hisobni ushlab turishga harakat qildi, ammo tanaffusdan keyin Kongo bosimni kuchaytirdi.
68-daqiqada Yoan Vissa penaltidan hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Fiston Mayele afrikaliklarni oldinga olib chiqdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Vissa yana bir bor gol urib, uchrashuv taqdirini hal qildi — 3:1.
Shu tariqa O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026dagi ilk ishtirokini ochkosiz yakunladi. Kongo DR esa 4 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
K guruhining ikkinchi o‘yinida Kolumbiya va Portugaliya 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Natijada Kolumbiya guruh peshqadami sifatida keyingi bosqichga chiqdi, Portugaliya esa ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi.
Avvalroq L guruhida Angliya Panamani 2:0 hisobida mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Xorvatiya esa Ganani 2:1 hisobida yengib, ikkinchi o‘rindan keyingi bosqichga chiqdi. Gana ham to‘rt ochko bilan uchinchi o‘rinlar reytingi orqali musobaqani davom ettiradi.
J guruhining so‘nggi turida Argentina Iordaniyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi bahs esa 0:0 hisobida durang yakunlandi. Shu tariqa Argentina guruhni birinchi o‘rinda tugatdi, Avstriya ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Jazoir esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Press-konferensiya s glavnim trenerom natsionalnoy sbornoy Fabio Kannavaro i kapitanom Eldorom Shomurodovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2026
Kongo bilan o‘yin boshqacha bo‘ladi — Kannavaro
Yangiliklar lentasi
0